"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du
  • Bosh sahifa
  • Yangiliklar
  • Qibray tumani hududidagi reklamalarning qonun hujjatlari talablariga muvofiqligi o‘rganildi

Qibray tumani hududidagi reklamalarning qonun hujjatlari talablariga muvofiqligi o‘rganildi

Kuni kecha ijtimoiy tamoqlarda Qibray tumanida 50 dan ortiq eʼlon va reklama vositalari olib tashlanayotganligi haqida xabar tarqaldi.

Tabiiyki, bu holat baʼzi tadbirkorlarda norozilik yuzaga keltirdi. Tadbirkorlarning aytishicha, ularga tegishli tashqi reklama obyektlari mahalliy hokimlik tomonidan hech qanday hujjatsiz olib qo‘yilgan.

Ushbu xabarga oydinlik kirtish maqsadida Zamon.uz muxbiri Toshkent viloyati hokimining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ta'minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi Sarvar Fayzullayev bilan bog‘landi.

– Nima sababdan tumanda baʼzi eʼlon va reklama vositalari olib tashlandi?

– Qibray tumani hududida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari, savdo nuqtalari peshlavhalari (bunga katta hajmdagi bannerlar kirmaydi) O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonuni va Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-fevraldagi “Tashqi reklama bozorini tartibga solish to‘g‘risida”gi 104-son qarori talablariga muvofiqligi o‘rganildi.

O‘rganishlar davomida ishchi guruhi tuzilib, guruh aʼzolari tadbirkorlarga yuqoridagi qonun va qaror talablari tushuntirishdi.

O‘tkazilgan reyd natijasida qonun hujjatlari meʼyorlariga to‘g‘ri kelmaydigan eʼlonlar, reklama vositalari (bunga katta hajmdagi bannerlar kirmaydi) tadbirkorlar va maslahatchilar tomonidan olib tashlandi. Zudlik bilan olib tashlanishi imkoni bo‘lmaydigan peshlavhalar qisqa muddatlarda olib tashlanishi kerakligi to‘g‘risida tadbirkorlarga ogohlantirish berildi.

– “Davlat tili to‘g‘risida”gi, “Reklama to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunlariga zid, vakolatli organning qarorisiz o‘rnatilgan tashqi reklama vositalari va shu kabi holatlar bo‘yicha qaror talablariga javob bermaydigan tashqi reklama vositalari aniqlandimi?

– Aniqlandi, tadbirkorlardan eʼlonlar, peshlavha, reklama vositalarini eʼlon qilishda qonun hujjatlari normalariga qatʼiy amal qilish, eʼlonlarni daraxtlarga, elektr simyog‘ochlarga, gaz quvurlariga osmaslik hamda ko‘cha yuzalari, avtomobillar qatnaydigan ko‘chalarni to‘sib qo‘ymaslik so‘raldi. Xorijiy tillarda yozilgan eʼlonlar, peshlavhalar, reklama vositalari qonun hujjatlariga muvofiq avvalo davlat tilida, zarur holatlarda, tarjima tariqasida boshqa tilda yozilishi tushuntirildi. Tadbirkorlar o‘tkazilgan suhbatlardan to‘g‘ri xulosa chiqarishdi hamda milliy g‘ururimiz bo‘lmish tilimizning sofligi uchun kurashishda o‘z yordamlarini ayamasliklarini aytib o‘tishdi.

Reklama – davr talabi. Darhaqiqat, bugun shahar bo‘ylab yurar ekanmiz, ko‘chalarda turli-tuman reklama ummoniga duch kelamiz. Eʼlonlar, do‘kon va maʼmuriy-maishiy binolar peshtoqidagi yozuvlarni uchratishimiz mumkin. Ammo ayrim reklama yozuvlaridagi o‘zbek tili meʼyorlarining buzilishi, imlo xatoliklarga yo‘l qo‘yilishi ko‘ngilni xira qiladi. Bunday imlo xatolar buyuk insonlar, adiblar sharafiga berilgan ko‘chalar nomida, avtobus va metropoliten yozuvlarida ham mavjud.

Kichik xalqa avtomobil yo‘lining, avtomobillar qayrilib olishi uchun mo‘ljallangan  qismida, ovqatlanish shoxobchasining reklamasini o‘rnatilganligi va bu holat yo‘l harakati ishtirokchilariga noqulaylik tug‘dirayotganligi haqida eʼtirozlar ham bayon etilgan.

O‘zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov aytganidek, ona tili umummillat mulkidir. Demak, til oldidagi masʼuliyat ham umummilliy. Men o‘zbekman, degan har bir inson o‘zbek tili uchun qayg‘urmog‘i lozim. Unutilgan so‘zlarni tiklash, borini boyitib borish, xorijiy atamalarga munosib istilohlar topish yolg‘iz tilshunoslarning emas, millatning ishidir.


Munojat Valiyeva

17.06.2021 470