"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du
  • Bosh sahifa
  • Yangiliklar
  • Boyovut tumani xalq taʼlim bo‘limiga qarashli 3-umumiy o‘rta taʼlim maktabiga milliy kino sanʼatining taniqli namoyondalaridan biri Nabi G‘aniyev nomi berildi

Boyovut tumani xalq taʼlim bo‘limiga qarashli 3-umumiy o‘rta taʼlim maktabiga milliy kino sanʼatining taniqli namoyondalaridan biri Nabi G‘aniyev nomi berildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2020-yil 30-noyabr kuni “O‘zbekfilm” kinostudiyasiga tashrifi davomida o‘tkazilgan uchrashuvning 92-sonli bayoni 4-bandining ijrosini taʼminlash maqsadida umumtaʼlim maktablariga milliy kino sanʼatining taniqli namoyondalarining nomlarini berish bo‘yicha Sirdaryo viloyat hokimligining 2021 yil 26 martdagi 17-1697-sonli xatiga shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi «Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 6-, 24-moddalariga muvofiq Xalq deputatlari Boyovut tuman Kengashining qaroriga binoan tumandagi 3-umumiy o‘rta taʼlim maktabiga Nabi G‘aniyev nomi berildi.

”Tohir va Zuhra”, Nasriddinning sarguzashtlari filmlari bilan o‘zbek kinochiligiga katta shuhrat keltirgan afsonaviy ijodkor, taniqli Rejissyor Nabi G‘aniyevning o‘lmas kinolari hali-hanuz sevib ko‘riladi.

O‘zbek kinosanoati uning sermahsul ijodi hamda ulkan xizmatlari evaziga taraqqiy etdi.

Bugun ushbu ulug‘ zotning nomini abadiylashtirishga qaratilgan bir qancha chora-tadbirlar nafaqat Nabi G‘aniyevning balki butun o‘zbek kino sanʼatiga bo‘lgan yuksak eʼtiborning namunasidir.

 

Boyovut tumani hokimligi

Axborot xizmati

25.06.2021 530