"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du

Tilimiz sofligini asraylik...

Oqoltindagi maktablardan biriga A.Navoiy obrazi bilan butun dunyoga tanilgan kinoaktyor Razzoq Hamroyev nomi berildi

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2020-yil 30-noyabr kuni “O‘zbekfilm” kinostudiyasiga tashrifi davomida o‘tkazilgan uchrashuvning 92-sonli bayoni 4-bandining ijrosini taʼminlash maqsadida umumtaʼlim maktablariga milliy kino sanʼatining taniqli namoyondalarining nomlarini berish bo‘yicha Sirdaryo viloyat hokimligining 2021-yil 26-martdagi 17-1697-sonli xatiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 6-, 24-moddalariga muvofiq, Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashining oltinchi chaqiriq 48-sessiyasining 180-sonli qarori bilan tumandagi 13-umumiy o‘rta taʼlim maktabiga Razzoq Hamroyev nomi berildi.

Xalqimiz R.Hamroyevni nafaqat teatr aktyori sifatida, balki isteʼdodli kinoaktyor sifatida ham yaqindan taniydi. U ekranda chuqur falsafiy va mazmunli obrazlar yaratdi. N.G‘aniyevning «Tohir va Zuhra»sidagi Nozim, «Nasriddin sarguzashtlari»dagi Xo‘ja Nasriddin, K.Yormatovning «Alisher Navoiy»sidagi Alisher Navoiy, «Abu Ali ibn Sino»sidagi Beruniy, Y.Aʼzamovning “Furqat”idagi Muqimiy, «O‘tgan kunlar»idagi Mirzakarim qutidor kabi o‘lmas obrazlar faqat aktyor ijodidagina emas, balki o‘zbek kino sanʼati tarixida ham muhim o‘rin tutadi.

R.Hamroyevning keng madaniy jamoatchilikka yaqindan tanitgan, uni elga mashhur qilgan obraz - bu dunyo ekranlarini kezib chiqqan «Alisher Navoiy» filmidagi Alisher Navoiy obrazidir.

 

 

Siroj Rayimov

Oqoltin tumani hokimining maslahatchisi

25.06.2021 638