"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du

Davlat soliq tizimida “Davlat tili haqida”gi qonun ijrosi o‘rganildi

Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani Davlat soliq inspeksiyasida barcha tashqi yozuvlar, peshlavhalar, eʼlonlar va ko‘rgazmali axborot matnlarini davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiqligi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi.

Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mutasaddilarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to‘liq o‘tishni taʼminlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 10-fevraldagi 61-sonli qaror mazmun-mohiyati hamda “Davlat tilining nufuzi va mavqeyi” mavzuida inspeksiya xodimlari ishtirokida seminar-trening o‘tkazildi.

 

Gavharxon Muqaddasova,

Davlat soliq qo‘mitasi

raisining maslahatchisi

25.06.2021 554