"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du
  • Bosh sahifa
  • Yangiliklar
  • Vazirlar Mahkamasining Maʼnaviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti zahmatkash jurnalist va blogerlarni 27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bilan tabriklaydi!

Vazirlar Mahkamasining Maʼnaviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti zahmatkash jurnalist va blogerlarni 27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bilan tabriklaydi!

Jamiyatda sodir bo‘layotgan muhim o‘zgarishlar, ustuvor g‘oya va tashabbuslarning maʼno-mohiyatini odamlarga tezkorlik va xolislik bilan xalqimizga yetkazib, davlat va xalq o‘rtasidagi muloqotni mustahkamlash, kuchli jamoatchilik nazoratini yo‘lga qo‘yishda fidoyilik ko‘rsatayotgan jurnalistlarimizning mamlakat rivojida munosib hissasi bor.

O‘tgan qisqad davr ichida ommaviy axborot vositalari O‘zbekistonda olib borilayotgan ochiqlik siyosatining eng muhim bo‘g‘inlaridan biriga aylandi. Davlat va jamiyat hayotiga daxldor muhim masalalarni keng muhokama qilish, qatʼiy pozitsiya va yondashuv bilan ijtimoiy polemikaga yo‘l ochish yaxshi anʼanaga aylandi.

Ayniqsa, ilgari 21-oktyabr arafasidagina muhokama qilinib, keyin unutiladigan davlat tilining nufuzi va mavqeiga daxldor mavsumiy chiqishlar bugungi kunda doimiy ahamiyat kasb etmoqda. Natijada davlat tilini rivojlantirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan monitoringni amalga oshirish, ushbu sohada jamoatchilik nazoratining samarali shakllarini joriy etishda OAV va blogerlar yordamiga tayanilmoqda.

Xususan, joriy yilning o‘tgan olti oyida bosma va elektron OAVda davlat tili mavzusida eʼlon qilingan jami 108 ta tanqidiy material tegishliligiga ko‘ra, davlat organlari va xo‘jalik birlashmalaridagi rahbarning maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari bo‘yicha maslahatchilari ishtirokida o‘rganilib, qariyb to‘rtdan uch qismini ijobiy hal etishga erishildi.

Qadrli matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari!

Xayrli va mashaqqatli kasbingiz eʼtirof etgan holda, Sizlarni bugungi bayramingiz bilan muborakbod etamiz.

Ijodiy barkamollik va muvaffaqiyatlar doimiy hamrohingiz bo‘lsin!

27.06.2021 619