"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du
  • Bosh sahifa
  • Yangiliklar
  • Prokuratura organlarida ish yuritish davlat tili toʻgʻrisidagi qonun talablari asosida tashkil etilmoqda

Prokuratura organlarida ish yuritish davlat tili toʻgʻrisidagi qonun talablari asosida tashkil etilmoqda

Prokuratura organlarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21-oktabrdagi “O‘zbek tilining davlat tili sifatida nufuzi va mavqeуini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hamda 2020-yil 20-oktabrdagi “Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomil-
lashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonlari ijrosini taʼminlash choralari ko‘rilmoqda.

Jumladan, davlat tilida ish yuritishni samarali tashkil qilish bo‘yicha Bosh prokuror maslahatchisi, shuningdek viloyat prokurorlari va ularga tenglashtirilgan prokurorlar, Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamenti boshlig‘i va Majburiy ijro byurosi direktorining
maslahatchilari faoliyati yo‘lga qo‘yilib, ustuvor vazifalari belgilab berildi.

Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining Maʼnaviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti bilan yaqindan hamkorlik ham o‘rnatildi.

Bugungi kunda prokuratura organlarida ish yuritish davlat tilida amalga oshirilib, barcha ichki va idoralararo (tashqi) hujjatlar va yozishmalar o‘zbek tilida rasmiylashtirilishi to‘la yo‘lga qo‘yildi.

Shuningdek, xodimlarning davlat tilini mukammal bilishlarini taʼminlash maqsadida Bosh prokuratura Akademiyasining barcha o‘quv kurslari, jumladan, qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari o‘quv dasturlariga davlat tilida ish yuritish bo‘yicha alohida dars soatlari kiritildi.

Taʼkidlash kerak, hujjatlarni rasmiylashtirishda o‘zbek adabiy tili imkoniyatlaridan yana-da kengroq foydalanish, so‘z boyliklarini o‘z o‘rnida va to‘g‘ri qo‘llash, grammatik, imloviy va stilistik qoidalarga qatʼiy rioya qilinishini
taʼminlash o‘ta muhim ahamiyat kasb etadi.

Shu bois, bugun Bosh prokuratura kutubxonasi Vazirlar Mahkamasi departamenti tomonidan taqdim qilingan so‘z boyliklari va til qoidalariga oid yangi adabiyotlar to‘plamlari bilan boyitildi.

Mazkur adabiyotlar Bosh prokuror maslahatchisi tomonidan xodimlarni o‘qitish va bilim - malakasini oshirishda, ilmiy izlanishlar va tadqiqotlarda foydalanish uchun Bosh prokuratura Akademiyasi kutubxonasiga joylashtirildi, shuningdek, xizmatda foydalanish uchun Bosh prokuraturaning tegishli boshqarmalariga
taqdim qilindi.

Shu bilan birga, xodimlarga o‘z xizmat faoliyatini amalga oshirishda davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga va o‘zbek adabiy tili qoidalariga qatʼiy amal qilish lozimligi taʼkidlandi. 


Bosh prokuratura

01.07.2021 809