"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du

O‘zbekistonda ish qog‘ozlari lotin yozuvidagi o‘zbek alifbosiga o‘tkaziladi

2021-yil 1-avgustga qadar O‘zbekistondagi barcha joy, ko‘cha, atamalar, tashkilotlarning nomlari, shuningdek, ish qog‘ozlari va turli blanklar lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida bo‘lishi ta'minlanadi.

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 10-fevraldagi «Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich o‘tishni to‘liq ta'minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida» 61-son qaroriga asosan, joriy yilning 1-avgustiga qadar O‘zbekistondagi barcha joy, ko‘cha, atamalar, tashkilotlarning nomlari, peshlavhalar, ommaviy targ‘ibot vositalari, reklama va e'lonlar, shuningdek, ish qog‘ozlari va turli blanklar lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida bo‘lishi ta'minlanishi bo‘yicha vazirliklar, idoralar va tashkilotlar rahbarlariga topshiriq berildi.


02.07.2021 741