"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du

TAYINLOV: jismoniy tarbiya va sport vaziriga maslahatchi tayinlandi


O‘zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirining tegishli buyrug‘i bilan yangi lavozim tayinlovi amalga oshirildi.

Rasulov Zokir Pardayevich Jismoniy tarbiya va sport vazirining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari bo‘yicha maslahatchi etib tayinlandi.

U faoliyati davomida “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati va boshqa tashkilotlarda Ichki nazorat va monitoring bo‘limi boshlig‘i, Qayta tayyorlash va malaka oshirish jarayoni monitoringini olib borish va sifatini baholash bo‘limi boshlig‘i, vazir yordamchisi kabi lavozimlarda ishlagan.

16.04.2020 455