- Bosh sahifa
- Yangiliklar
- Shahrisabz tumanida maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha o‘rganish olib borildi
Shahrisabz tumanida maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha o‘rganish olib borildi
O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti rahbarligida 2021-yil 19-yanvarda bo‘lib o‘tgan Respublika
Maʼnaviyat va maʼrifat Kengashi yig‘ilishida “Eng namunali tuman” tanlovining Respublika bosqichini o‘tkazish
belgilangandi.
Ushbu tanlovda ishtirok etish uchun Qashqadaryo viloyatidan Shahrisabz tumani tanlab olingan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Maʼnaviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti mudiri A.Qirg‘izboyev boshchiligidagi respublika ishchi guruhi Qashqadaryo viloyatida bo‘lib, “Eng namunali tuman” tanlovining respublika bosqichida ishtirok etgan Shahrisabz tumanida maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni o‘rganib, korxona-tashkilot, umumtaʼlim va maktabgacha taʼlim muassasalari hamda mahalla fuqarolar yig‘inlaridagi amalga oshirilgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.