"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du

Standartlar atamalari izohli lug‘ati - rasmiy saytda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 20-oktabrdagi “Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6084-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida Agentlik Bosh direktorining 99-son buyrug‘i qabul qilindi. Buyruq bilan davlat tilida yaratilgan dasturiy taʼminotlarni yagona sertifikatlash va standartlashtirish xizmatini joriy etishda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan ishlash, Farmon bilan tasdiqlangan 2020–2030-yillarda o‘zbek tilini rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish Konsepsiyasidan foydalangan holda malaka oshirish tizimida davlat tilida ish yuritishga oid o‘quv-uslubiy darslarni tashkil etish, Xalqaro standartlarning qabul qilinishi jarayonida ularning davlat tiliga sifatli tarjima qilish ishlarini chuqurlashtirish vazifalari belgilab berilgan.

Mazkur Qaror ijrosini taʼminlash maqsadida O‘zbekiston Texnik jihatdan tartibga solish agentligi rasmiy saytida standartlashtirish, metrologiya va sertifkatlashtirish sohasi atamalarining izohli lug‘atini berib borish yo‘lga qo‘yildi.

Standartlashtirish bo‘yicha xalqaro  tashkilotlar ISO va IEC taʼrifiga muvofiq, O‘zbekiston davlat standarti (O‘z DSt ISO/IEC 2:2007) sifatida qabul qilingan standartlashtirish “...muayyan sohada tartibga solishning maqbul darajasiga erishishga qaratilgan faoliyat”dir. Ushbu  mazmunda “muayyan sohalar” bo‘lib standartlashtirish tizimining o‘zi ham, shuningdek, konstruktorlik hujjatlari, mahsulot va xizmatlarni sertifikatlashtirish, muvofiqlikni baholash, texnik-iqtisodiy va ijtimoiy axborotlarni tasniflash va kodlash, o‘lchovlar yagonaligini taminlash, putur yetkazmaydigan nazorat, mahsulotni ishlab chiqish va ishlab chiqarishga qo‘yish, akkreditlash, texnik jihatdan tartibga solish, mahsulotni sinash, sifat, xizmatlar, atrof-muhit muhofazasi, favqulodda vaziyatlarda xavfsizlik, texnikaning puxtaligi kabi  standartlashtirishga tayanadigan boshqa tizimlar ham xizmat qiladi. 

Standartlar negizida shakllantirilgan va ishlayotgan  sanab o‘tilgan barcha tizimlar umumiy  “tarmoqlararo standartlashtirish tizimlari” (TST) nomi bilan birlashadi. O‘zbekistonda shakllantirilgan tizimlarga “O‘z” abbreviaturasi qo‘shiladi. Masalan, O‘zbekiston standartlashtirish  tizimi (O‘z ST), O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish davlat tizimi (O‘z TJTSDT), O‘zbekiston sifat tizimi (O‘zST) va b. O‘z navbatida, O‘zbekiston tarmoqlararo standartlashtirish tizimlari  O‘z TST shaklida belgilanadi.

Saytda eʼlon qilinadigan izohli lug‘atga O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlarida,   ISO/MEK xalqaro standartlari va Butunjahon savdo tashkilotining (BST) hujjatlari va O‘z TST atamashunoslik standartlarida   o‘z aksini topgan asosiy atama, tushuncha va tariflar kiritilgan.  Lug‘atda atama va tushunchalar tariflarining barcha variantlari keltirilgan. Masalan, “xavfsizlik” atamasining O‘zbekiston Respublikasining “Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risida”gi qonunida keltirilgan tarifi xalqaro ISO/IEC 2  standarti tarifi tahriridan farq qiladi. “Standart” atamasining ISO/IEC 2 va BSTning “Savdodagi texnik to‘siqlar to‘g‘risida kelishuv”laridagi tariflari ham bir xil emas.  “Standartlashtirish bo‘yicha normativ hujjat” tushunchasi “Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risida”gi qonun bilan kiritilgan,  ISO/IEC da esa faqat normativ hujjat atamasi mavjud.

Lug‘atda tushunchalar ularning tariflari bilan berilgan. Shuningdek, 3) o‘zaro bog‘liq sohalardagi atama va tushunchalar (masalan,  iqtisodiyot, vektor,  matematik  modellashtirish, prognoz, texnika, funksiya, samaradorlik v.h.) ham keltirilgan.

 Eslatma. “Atama” – narsa va hodisalar muhim xususiyatlarining aks etishi. “Tushuncha” – narsa haqida mantiqiy rasmiylashtirilgan umumiy fikr. Masalan, standartlashtirish – atama, xizmat ko‘rsatish sohasida standartlashtirish - tushuncha; standart – atama, umumiy texnik talablar standartlari – tushuncha; normativ hujjat – atama, texnik jihatdan tartibga solish sohasida normativ hujjat – tushuncha.

Izohli lug‘atni tayyorlashda M.Alimov va boshqalar muallifligida nashr qilingan “Standartlashtirish sohasida xalqaro atamalar bilan uyg‘unlashtirilgan davlat tilidagi atama va tushunchalarning izohli lug‘ati”, A.Abduvaliyev va boshqa olimlar tomonidan tayyorlangan “Ruscha-o‘zbekcha izohli metrologik lug‘at” materiallaridan foydalaniladi.

Bugungi kunda Agentlik huzuridagi standartlar institutida ushbu lug‘atlarni qayta ishlab, boyitilgan variantini nashr qilish ustida ishlar olib borilmoqda.



Noibaxon Mamadaliyeva

Bosh direktor maslahatchisi

18.08.2021 710