"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du
  • Bosh sahifa
  • Yangiliklar
  • Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasida O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan tadbir bo‘lib o‘tdi

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasida O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan tadbir bo‘lib o‘tdi

Qo‘mita tomonidan 21-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim” shiori ostida “Milliy istiqlol uchun kurashgan jadidlar” mavzusida M.Behbudiy, A.Fitrat, A.Avloniy, A.Qodiriy, Munavvarqori, Ibrat, Cho‘lpon kabi siymolar adabiy merosini faol targ‘ib etish maqsadida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi. 


O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida bo‘lib o‘tgan tadbirda filologiya fanlari doktori, professor N.Jabborov, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori M.Yunusov, O‘zbekiston Respublikasi xalq taʼlimi aʼlochisi, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori Sh.Hojiyeva, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisi o‘rinbosari B.Ummatov va Qo‘mita raisi maslahatchisi G.Qodirova tadbir ishtirokchilariga jadidlar va ularning maʼrifatparvarlik g‘oyalari, milliy tilimiz rivoji yo‘lida olib borgan faoliyatlari haqida qiziqarli maʼlumotlar berishdi.



Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tomonidan tayyorlangan mavzuga oid videoroliklar namoyish etildi.


Tadbirning ikkinchi qismida Qo‘mita xodimlari Adiblar hiyobonini ziyorat qilishib, Navoiy haykali poyiga gullar qo‘yishdi. 

 

 

G.Qodirova,

Qo‘mita raisi maslahatchisi

21.08.2021 673