"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du
  • Bosh sahifa
  • Yangiliklar
  • Jizzax shahrida davlat tilida ish yuritish hamda maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha o‘rganishlar davom etmoqda

Jizzax shahrida davlat tilida ish yuritish hamda maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha o‘rganishlar davom etmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-martdagi “Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5040-sonli qarorida belgilab berilgan “Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari” tamoyili asosida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 30-iyundagi 97-sonli rayosat majlis bayoni hamda viloyat hokimining 2021-yil 6-iyuldagi 01-1127-sonli majlisi bayonida berilgan topshiriqlarning ijrosini taʼminlash maqsadida Jizzax shahrida maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish hamda korxona va tashkilotlarda davlat tilida ish yuritishni samarali tashkil etish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda.


Xususan, joriy yilning 17-avgust kuni shahar hokimligi, shahar Maʼnaviyat va maʼrifat Kengashi, xalq deputatlari shahar Kengashi hamkorligida ishchi guruh tuzilib, Jizzax shahrida joylashgan tibbiyot birlashmasiga qarashli 4-oilaviy poliklinikasi, shahar bolalar xirurgiyasi, shahar xalq taʼlimi bo‘limi va shahar maktabgacha taʼlim bo‘limlarida maʼnaviy-maʼrifiy ishlar holati o‘rganildi.


Mazkur o‘rganish davomida davlat va jamoat tashkilotlarida Maʼnaviyat va maʼrifat xonalarining tashkil etilganligi, “Maʼnaviyat soat”larining o‘tkazilishi, davlat tilida ish yuritilishi, korxona va tashkilotlarning ichki va tashqi yozuvlari, peshlavhalari, axborot matnlarining lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida rasmiylashtirilgan holati, sport va sog‘lomlashtirish ishlarining yo‘lga qo‘yilganligi hamda mazkur vazifalar yuklatilgan masʼul xodimlar faoliyati tanqidiy o‘rganildi. Joylarda aniqlangan kamchiliklar yuzasidan masʼul xodimlarga tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

 

Jizzax shahar hokimligi Axborot xizmati

21.08.2021 406