"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du

Maslahatchilar faoliyati bilan bog‘liq videoselektor yig‘ilish o‘tkazildi

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazida davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik birlashmalari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tuman (shahar) hokimliklari maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari bo‘yicha rahbar maslahatchilari, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi hududiy bo‘lim va bo‘linmalari masʼul xodimlari ishtirokida videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Maʼnaviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti mudiri A.Qirg‘izboyev ishtirok etdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2O21-yil 26-martdagi "Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" PQ-5040-son qarori ijrosini taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar, belgilangan topshiriqlarning ijro holati, "O‘zbek tili bayrami kuni" munosabati bilan amalga oshirilishi zarur bo‘lgan vazifalar yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, maslahatchilar faoliyati bilan bog‘liq boshqa masalalar hamda galdagi vazifalar belgilab olindi.

 

Maʼnaviyat va davlat tilini rivojlantirish

masalalari departamenti

08.09.2021 563