"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du

SEN MILLAT GʻURURISAN ONA TILIM

Til - ijtimoiy hodisa hisoblanadi. Bugungi kun yoshlari o‘rtasida ona tilimizni to‘g‘ri va keng targ‘ib qilish va O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzini oshirish maqsadida “Milliy tiklanishdan — milliy yuksalish sari” tamoyili asosida soliq tizimida davlat tiliga oid milliy qonunchilikka rioya etilishi yuzasidan aholini xabardor qilishga qaratilgan targ‘ibot va tashviqot ishlari olib borilmoqda.

Bugun Yashnobod tuman davlat soliq inspeksiyasida yoshlar va ishchi xodimlar bilan “O‘zbek tili — davlat tili, ona tilim — millat ruhi va g‘ururi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Uchrashuvda soliq organi mas’ul xodimlari, Toshkent Iqtisodiyot Universiteti dotsenti, tilshunos olim Mahmud Ochilov va ona tili va adabiyot o‘qituvchisi Ahmadaliyeva Muqaddam yoshlarga ona tilimizning qadriyatlarini saqlash, uni dunyo miqyosida ommaga namuna sifatida ko‘rsatishga doir hamda yoshlarimiz milliy ruhda tarbiyalanishi uchun tegishli tavsiyalarini berishdi.

Suhbat so‘ngida yoshlarning davlat tilimizga bo‘lgan e’tiborini, ularning qalbida tilimizga bo‘lgan muhabbatini oshirish maqsadida yoshlarga ilmiy va badiiy kitoblardan iborat bo‘lgan esdalik sovg‘alar ulashildi.

10.09.2021 542