- Bosh sahifa
- Yangiliklar
- Ona tilim, omon boʻl mangu!
Ona tilim, omon boʻl mangu!
Barchaga ayonki, millatning millat bo‘lib
yuksalishida davlat tilining ahamiyati katta. U har qanday davlatning tarixiy
taraqqiyoti negizida vujudga kelgan, o‘zlikni anglash, milliy ong va
tafakkurning in’ikosi, avlodlar o‘rtasidagi ruhiy-ma’naviy bog‘liqlik vositasi
bo‘lib xizmat qiladi. Davlat tili mamlakatda yashaydigan turli millat va
elatlar yakdilligini ifoda etadi. Xalqning davlat sifatida rivojlanib,
yuksalishiga asos bo‘ladigan boshqa omillar kabi davlat tili shu yurtda
yashovchi fuqarolarning or-nomusi, g‘ururi kabi ulug‘lanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21-oktabrdagi “O‘zbek tilining davlat tili
sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
PF-5850-son farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining Ma’naviyat va davlat tilini
rivojlantirish masalalari departamenti videoselektor majlisining 2021-yil 13-iyuldagi 18-son bayoni ijrosi yuzasidan O‘rmon
xo‘jaligi davlat qo‘mitasi tomonidan joriy yilning 14-sentabr kuni O‘rmon xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot institutida “O‘zbek tili
bayrami kuni”ga bag‘ishlangan “Ona
tilim, omon bo‘l mangu!” nomli ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Unda O‘rmon xo‘jaligi ilmiy tadqiqot instituti direktori o‘rinbosari Nurilla Muxsimov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi “Ma’naviyat va ma’rifat” kafedrasi dotsenti, filologiya fanlari nomzodi Ulug‘bek Saidov, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi raisining Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi Malika Abduxakimovalar ishtirok etishdi.