"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du
  • Bosh sahifa
  • Yangiliklar
  • Texnik jihatdan tartibga solish agentligi Maʼnaviyat va maʼrifat kengashining navbatdagi majlisi o‘tkazildi

Texnik jihatdan tartibga solish agentligi Maʼnaviyat va maʼrifat kengashining navbatdagi majlisi o‘tkazildi

Texnik jihatdan tartibga solish agentligi Maʼnaviyat va maʼrifat kengashining navbatdagi majlisi o‘tkazildi. Unda maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini ijrosini taʼminlash, kiyinish madaniyati masalalariga bag‘ishlangan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir o‘tkazildi. Majlis Bosh direktor raisligida agentlikning tizim tashkilotlari va hududiy filiallari rahbarlari ishtirokida o‘tkazildi.

So‘zga chiqqanlar tomonidan joriy yilning oktabr oyida davlatimizda muhim siyosiy jarayon – Prezident saylovi bo‘lib o‘tishi, ana shu saylovoldi jarayonlarda har bir saylovchi ovoz berayotgan nomzodi haqida batafsil maʼlumotlarga ega bo‘lishi, saylovda qatnashish tartibini bilishi va oila aʼzolariga buni yetkazishi, saylov jarayonlariga masʼuliyat bilan yondashishi lozim ekanligi taʼkidlab o‘tildi. Shuningdek, saylovoldi jarayonlarda Prezidentlikka nomzodlarning saylovchilar bilan o‘tkaziladigan uchrashuvlarda faol ishtirok etilishi, mehmonlarning tashrifi uchun hududlarning ozodaligiga alohida eʼtibor qaratilishi taʼkidlandi.

Shuningdek, kun tartibidan o‘rin olgan yaqinlashib kelayotgan 1-oktabr – o‘qituvchi va murabbiylar kuni, 21-oktabr – o‘zbek tili bayramini keng nishonlash bo‘yicha ham fikr-mulohazalar va takliflar bildirildi. Bayram munosabati bilan agentlik va uning tizim tashkilotlarida ko‘p yillar davomida samarali mehnat qilib, hozirgi kunda qarilik gashtini surayotgan faxriylar bilan uchrashuvlar, ustozlar o‘gitlaridan bahramand bo‘lish, “ustoz-shogird” tizimini yanada rivojlantirish maqsadida “Uch avlod uchrashuvlari”ni o‘tkazish, buyuk allomalarimiz hayoti va faoliyatiga bag‘ishlab bunyod etilgan muqaddas qadamjolarga ekskursiyalar uyushtirish bo‘yicha kelishib olindi.

Shu bilan birga, “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim” shiori ostida o‘zbek tilini tarannum etuvchi turli chellenjlar tashkil qilish, o‘zbek tili bo‘yicha mutaxassis va olimlar bilan uchrashish, sheʼrxonlik va kitoblik kechalarini tashkil etish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Bayram arafasida har bir masʼull o‘z hududidagi barcha yozuvlarning davlat tilida ekanligiga alohida eʼtibor qaratishi zarurligi qayd etildi. Bosh direktor ushbu tadbirlarni ommaviy axborot vositalarida keng yoritish, tizim tashkilotlari va hududiy filiallar rahbarlari o‘zlari rahbarlik qilayotgan jamoalarda davlat tilida ish yuritilishini taʼminlanganligi, tashkilot nomlari, reklama va peshlavhalar davlat tilida bo‘lishiga alohida eʼtibor qaratilganligi, maʼnaviy-maʼrifiy ishlarning samarali tashkil qilinayotganligi haqida respublika markaziy va hududiy mahalliy gazetalar, televideniyelarda chiqishlar qilishlari bo‘yicha topshiriq berdi.

Majlisda xodimlarning kitobxonlik madaniyatini yanada oshirish maqsadida tizim tashkilotlari, hududiy filiallarda idoraviy kutubxonalar fondini boyitish masalasiga ham alohida eʼtibor qaratildi.  Shu maqsadda Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonaning viloyatlardagi filiallari bilan hamkorlikni o‘rnatish, muntazam ravishda xodimlarga yangi olingan kitoblar bilan tanishish imkoniyatini yaratish maqsadga muvofiqligi taʼkidlandi.

Bundan tashqari, Bosh direktor tomonidan barcha hududiy filiallar rahbarlariga Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazining hududiy boshqarmalari bilan yaqindan hamkorlikni o‘rnatish, birgalikda tadbirlar o‘tkazish vazifasi ham topshirildi. Shuningdek, xodimlarning kiyinish madaniyati haqida so‘z yuritilib, har bir xodim davlat xizmatchisi degan nomga mos ravishda kiyinishi, o‘zini tutishi, faoliyati yuritishi zarurligi taʼkidlandi.

 

Naibaxon Mamadaliyeva

Bosh direktor maslahatchisi,

fil.f.d., professor

20.09.2021 543