"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du
  • Bosh sahifa
  • Yangiliklar
  • “Davlat tilida ommaviy diktant” nominatsiyasi bo‘yicha tanlov bo‘lib o‘tdi

“Davlat tilida ommaviy diktant” nominatsiyasi bo‘yicha tanlov bo‘lib o‘tdi

“Sirdaryo IES” aksiyadorlik jamiyatida 2021-yil 6-oktabr kuni korxona ishchi-xodimlari o‘rtasida ko‘rik-tanlovning, “Davlat tili (lotin alifbosi)da ommaviy diktant” nominatsiyasi bo‘yicha 1-bosqich tanlovi bo‘lib o‘tdi.

Ayni paytgacha ko‘rik-tanlovlarning birinchi bosqichi “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ, To‘raqo‘rg‘on IES, Sirdaryo IES, Navoiy IES hamda Farg‘ona IEMda yakunlandi hamda ikki nominatsiya - “Davlat tilida (lotin yozuvida) ommaviy diktant” hamda “Ijodiy tanlov” (sheʼr, maqom, askiya) nominatsiyalari bo‘yicha g‘oliblar va sovrindorlar aniqlandi.

Tanlov natijalariga ko‘ra:

1-o‘rin: Elektr korxonasi ishchisi Saida Abduraimova,

2-o‘rin: MHB ishchisi Uljanoy Holiqova,

3-o‘rin: 1-QTS ishchisi Solijon Imomov munosib deb topildilar.

“Qadring baland boʻlsin, ona tilim” shiori ostida tanlovlarni respublika boʻylab oʻtkazish davom etmoqda.

08.10.2021 418