"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du
  • Bosh sahifa
  • Yangiliklar
  • Adliya vazirligi: regulation.gov.uz portaliga davlat tilida matni bo‘lmagan loyihalar portal maʼmuriyati tomonidan avtomatik ravishda o‘chiriladi

Adliya vazirligi: regulation.gov.uz portaliga davlat tilida matni bo‘lmagan loyihalar portal maʼmuriyati tomonidan avtomatik ravishda o‘chiriladi

Davlat organlari loyihalarni O‘zbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga (regulation.gov.uz) mustaqil ravishda o‘zlari joylashtirishadi. O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonunining 8-moddasiga asosan O‘zbekiston Respublikasining qonunlari, davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining boshqa hujjatlari davlat tilida qabul qilinadi va eʼlon etiladi.

Shunga asosan, davlat tilida matni bo‘lmagan boshqa tilda kiritilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari regulation.gov.uz portal maʼmuriyati tomonidan avtomatik ravishda o‘chirilishi haqida ogohlantirilgan. Ushbu ogohlantirish joriy yilning 20-apreldan joylashtirildi.

Shu bilan birga, Adliya vazirligi ekspertiza yakunlari bo‘yicha hulosada loyiha o‘zbek tilida taqdim etilsin deb yozadi. Chunki O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-avgustdagi PF-5519-son Farmoni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Reglamentining 49-bandida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari loyihalari Administratsiyaga davlat tilida, zarurat bo‘lganda – boshqa tillardagi tarjimasi bilan birga kiritilishi belgilangan.

Bundan tashqari, Hukumatning 2019-yil 22-martdagi 242-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Reglamentining 40-bandiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi hujjatlari loyihalari Hukumatga davlat tilida, zarurat bo‘lganda – rus tili va boshqa tillarga tarjima qilinib kiritilishi lozim.

21.04.2020 496