"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du
  • Bosh sahifa
  • Yangiliklar
  • Taʼlim inspeksiyasi xodimlari oʻrtasida davlat tilida ish yuritish boʻyicha “onlayn” tanlov tashkil etildi

Taʼlim inspeksiyasi xodimlari oʻrtasida davlat tilida ish yuritish boʻyicha “onlayn” tanlov tashkil etildi

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar jarayonida davlat tili nufuzini yanada oshirishga qaratilayotgan islohotlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida 21-oktabr – O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi xodimlari oʻrtasida davlat tilida ish yuritish boʻyicha onlayn tanlov oʻtkazilmoqda.

Tanlov uch bosqichda tashkil etildi. Birinchi bosqichda ishtirokchilar hakamlar hayʼati tomonidan berilgan mavzular doirasida esse yozish orqali oʻzlarining ijodiy salohiyatlarini ko‘rsatishdi. Ikkinchi bosqichda esa ishtirokchilar o‘zbek tilidagi nutqi, notiqlik qobiliyatini namoyon etishdi. Shuningdek, yakuniy bosqichda 20 ta savoldan iborat test sinovlarida qatnashib, oʻzbek tili boʻyicha bilimlarini sinovdan oʻtkazishdi.


Onlayn tanlovda ishtirok etgan Taʼlim inspeksiyasi xodimlari, hududiy boʻlim va oliy taʼlim tashkilotlarining taʼlim sifatini nazorat qilish boʻlimi xodimlari oʻzlarini xuddi talabalardek his etishdi, hayajon bilan test topshirishdi, tanlagan mavzularida esse yozish orqali oʻzlarining gʻoya va takliflarini isbotlashga urinishdi. Har bir ishtirokchi davlat tilida ish yuritish koʻnimkalarini, lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosi va oʻzbek adabiy tili meʼyorlariga rioya qilinishi boʻyicha oʻz bilimlarini yana bir bor mustahkamlab olish imkoniga ega boʻlishdi.

Qayd etish lozim, ushbu tanlovda ishtirok etish uchun Taʼlim inspeksiyasi tizimidagi xodimlari tomonidan 50 ga yaqin ijodiy ishlar kelib tushdi. Mazkur ishlarni xolis baholash uchun alohida ekspertlar jamoasi tashkil etildi.

Ikkinchi marotaba tashkil etilayotgan mazkur tanlov Taʼlim inspeksiyasi tizimidagi xodimlar hamda mutasaddilar tomonidan oʻzgacha qiziqish bilan kutib olindi. Tanlov natijalari haqida tez kunlarda maʼlumot beriladi.


Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi

Matbuot xizmati

13.10.2021 434