"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du
  • Bosh sahifa
  • Yangiliklar
  • “Abdulla Qodiriy – o‘zbek adabiyoti xazinasidan” haftaligi doirasida “Qodiriyni yod etib” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir o‘tkazildi

“Abdulla Qodiriy – o‘zbek adabiyoti xazinasidan” haftaligi doirasida “Qodiriyni yod etib” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir o‘tkazildi

Bu yil o‘zbek romanchiligining asoschisi, asarlari orqali nafaqat o‘zbek balki jahon adabiyoti rivojiga ham ulkan hissa qo‘shgan atoqli adib Abdulla Avloniy tavalludining 127 yilligi kitobxonlar o‘rtasida keng nishonlanmoqda.

Kuni kecha Chilonzor tumani hokimligi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Chilonzor tumani bo‘limi hamda hamkor tashkilotlar tomonidan ushbu sana munosabati bilan “Abdulla Qodiriy – o‘zbek adabiyoti xazinasidan” haftaligi doirasida “Qodiriyni yod etib” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov taniqli yozuvchi va shoirlar, fan nomzodlari hamda Chilonzor tumanidagi umumtaʼlim maktablarining o‘quvchilari ham faol ishtirok etishdi.

Tadbir doirasida tumandagi mavjud barcha umumtaʼlim maktablarining o‘quvchilari o‘rtasida Abdulla Qodiriy asarlarini ifodali o‘qish hamda adib hayoti va ijodiga bag‘ishlab chizilgan rasmlar tanlovi ham tashkil etilib, tanlov g‘oliblariga diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.


Toshkent shahar Chilonzor tumani

hokimligi Matbuot xizmati

14.10.2021 532