"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du

21-oktabr – O‘zbek tili bayramiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi

2021-yil 14-oktabr kuni “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ markaziy majlislar zalida 21-oktabr – O‘zbek tili bayramiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Vazirlar Mahkamasi Maʼnaviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti mudiri A.Qirg‘izboyev, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisi X. Xasilov ishtirok etdilar.

Tadbir davomida “O‘zbek tili bayrami kuni” munosabati bilan o‘tkazilgan tanlov natijalari eʼlon qilindi. Davlat tilida ish yuritish bo‘yicha “Eng yaxshi korxona”, Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha “Eng yaxshi korxona”, Ona tilimizni tarannum etuvchi “Eng yaxshi sheʼr” va O‘zbek tili targ‘ibotiga bag‘ishlangan “Eng yaxshi maqola” nominatsiyalari bo‘yicha g‘oliblar qimmatbaho sovg‘a, diplom va tanlov nishoni bilan taqdirlandi. Shuningdek, davlat tilini rivojlantirish va maʼnaviyat ishlari bo‘yicha faol bo‘lgan bir qator temiryo‘lchilar “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati rahbariyati tomonidan “Faxriy yorliq” va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar.


“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ

Matbuot xizmati

15.10.2021 685