"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du
  • Bosh sahifa
  • Yangiliklar
  • Abdulla Qodiriy xotirasiga bag‘ishlangan “O‘tkan kunlar yodi” adabiy-badiiy kechasi tashkil etildi

Abdulla Qodiriy xotirasiga bag‘ishlangan “O‘tkan kunlar yodi” adabiy-badiiy kechasi tashkil etildi

O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi Abdulla Qodiriy memorial muzeyi hamda Toshkent viloyati “Turon” axborot-kutubxona markazi hamkorligida o‘zbek adabiyoti va madaniyati rivojiga ulkan hissa qo‘shgan atoqli adib, Abdulla Qodiriy xotirasiga bag‘ishlangan “O‘tkan kunlar yodi” adabiy-badiiy kechasi tashkil etildi.

 

O‘zbek adabiyoti va madaniyati rivojiga ulkan hissa qo‘shgan atoqli adib, Abdulla Qodiriy ijodiy merosining yosh avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash borasida muhim ahamiyatga ega ekanini inobatga olib joriy yilning 30-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yig‘ilishi 84-son bayoni qabul qilindi. Mazkur hujjatga ko‘ra joriy yilning 4-14-oktabr kunlari Abdulla Qodiriy adabiy merosini faol targ‘ib etish maqsadida Abdulla Qodiriy memorial va uy-muzeylarida, mamlakatimizdagi oliy va o‘rta maxsus, professional, umumiy o‘rta taʼlim muassasalari, harbiy qismlarda, tashkilotlarda taniqli adib va olimlar ishtirokida “Abdulla Qodiriy - O‘zbek adabiyoti xazinasidan” mavzusida turkum tadbirlar, yozuvchining hayoti va ijodini xotiralashga bag‘ishlangan madaniy-maʼrifiy tadbirlar, seminar va konferensiyalar, davra suhbatlarini o‘tkazish nazarda tutilgan.

Mazkur topshiriq ijrosini taʼminlash maqsadida joriy yilning 14-oktabr kuni Abdulla Qodiriy memorial muzeyi hamda Toshkent viloyati “Turon” axborot kutubxona markazi hamkorligida “Abdulla Qodiriy - O‘zbek adabiyoti xazinasidan” nomli adabiy haftalik yopilishi munosabati bilan  “O‘tkan kunlar yodi” adabiy-badiiy kecha tashkil qilindi. Kechada O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazir o‘rinbosari Turizm va sport vaziri yordamchisi Timur Mirzayev, Badiiy akademiya raisi, O‘zbekiston xalq rassomi Akmal Nuriddinov, Kamoliddin Behzod nomidagi milliy rassomlik va dizayn instituti rektori Nodirbek Sayfullayev, Abdulla Qodiriy nabiralari Xondamir va Sherkon Qodiriy, filologiya fanlari doktori, professor Baxodir Karimovlar tomonidan Abdulla Qodiriyning hayoti va ijodi yodga olindi.

Tadbir davomida O‘zbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti talabasi Nodira Baxromova tomonidan “Zaynab monologi”, “Muqimiy” nomidagi O‘zbek davlat musiqali drama teatri aktyorlari tomonidan sahna ko‘rinishi hamda O‘zbekiston Respublikasi sanʼat arbobi rassom Baxtiyor To‘rayev tomonidan Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” romani motivlari asosida “O‘tkan kunlar yodi” nomli tasviriy va musiqiy kompozitsiya namoyish etildi.

Tadbir so‘ngida “Abdulla Qodiriy - O‘zbek adabiyoti xazinasidan” nomli haftalik doirasida Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti iqtidorli talabalari o‘rtasida o‘tkazilgan ”Abdulla Qodiriyning ibratli izdoshlari ” nomli ko‘rik-tanlov ishtirokchilari va g‘oliblari,  madaniy-maʼrifiy tadbirlarni yuqori saviyada o‘tkazishda amaliy yordam ko‘rsatgan tashkilotlar Madaniy meros agentligi tomonidan pul mukofotlari va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

16.10.2021 409