"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du

“Til bor ekan – millat barhayot” mavzusida maʼrifiy tadbir o‘tkazildi

Davlat tilini keng targ‘ib qilish va rivojlantirish, shu jumaladan, O‘zbek tili bayrami kunini nishonlash maqsadida Mudofaa sanoati davlat qo‘mitasi O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi bilan hamkorlikda “Adiblar xiyoboni”da “Til bor ekan – millat barhayot” mavzusida maʼrifiy tadbir o‘tkazildi. Tadbirda Davlat mudofaa sanoati qo‘mitasi ijro apparati va mudofaa sanoati kompleksi tizimidagi korxonalarining xodimlari ishtirok etdilar.

Tadbir ishtirokchilari so‘ngi yillar ichida davlatimiz tomonidan ona tilimizning nufuzi va mavqeyini oshirish yo‘lida olib borilayotgan siyosat, ona tilimizning ming yillik jilvalari hamda kelgusi taraqqiyoti yo‘lida olib borilayotgan ishlar to‘g‘risidagi fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashdilar.

Shuningdek, Yozuvchilar uyushmasining aʼzolari ijodkor shoirlar Alisher Boymurod va Anvar Botir o‘z ijodlaridagi eng sara sheʼrlaridan o‘qigan holda tadbir ishtirokchilarini bayram bilan tabrikladilar.

 

Mudofaa sanoati davlat qo‘mitasi

Axborot xizmati

18.10.2021 557