"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du
  • Bosh sahifa
  • Yangiliklar
  • “Axborot texnologiyalari va axborot resurslarini rivojlantirish markazi” DUK O‘zbek tili bayrami kuniga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi

“Axborot texnologiyalari va axborot resurslarini rivojlantirish markazi” DUK O‘zbek tili bayrami kuniga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi

Tadbirini Markaz direktori Nozimjon Dalibayev ochib berdi.

Tadbirda Vazirlar Mahkamasining Maʼnaviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti mas’ul xodimi Rustam Mirvohid hamda O‘zbekiston xalq artisti Gavhar Zokirovalar ishtirok etdilar.

Tadbir davomida o‘zbek tili naqadar millatning bebaho hazinasi va ma’naviy boyligi ekanligi, til nafaqat muomala vositasi – balki xalqning madaniyati, urf-odati, uning turmush tarzi va tarixi hamda milliy va ma’naviy qadriyatlarimiz bizga ona tilimiz yordamida meros bo‘lib qolganligi to‘g‘risida fikrlar bildirildi. Shuningdek, til – muqaddas ona kabi azizligi, bizning o‘zbek tilimiz hech qaysi tildan kam emasligi to‘g‘risida ta’kidlandi.

Ko‘p ulug‘ shoirlar hayoti, ona tilimizga katta hissa qo‘shgan adib va shoirlarning yaratgan asarlaridan parchalar aytib berildi.

Qiziqarli tarzda bo‘lib o‘tgan davra suhbati so‘ngida barcha ishtirokchilarning savol va takliflari o‘zaro almashish bilan yakunlandi.

technocorp.uz

20.10.2021 449