"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du
  • Bosh sahifa
  • Yangiliklar
  • Davlat xizmatlari agentligi tizimi xodimlari o‘rtasida til bilag‘onlari ko‘rik-tanlovi o'tkazildi

Davlat xizmatlari agentligi tizimi xodimlari o‘rtasida til bilag‘onlari ko‘rik-tanlovi o'tkazildi

21-oktabr – Oʻzbek tili bayrami munosabati bilan “Til-millat ko'zgusi” shiori ostida Davlat xizmatlari agentligi Xorazm viloyat boshqarmasi  tizimi xodimlari o‘rtasida  til bilag‘onlari ko‘rik tanlovi o'tkazildi.

Ushbu tanlovda xodimlar 4 ta  yo'nalish:

• She’r aytish;

• Nasriy asardan parcha yoki monologni ifodali aytish (o'qish);

• Notiqlik;

• Kichik hajmli maqola yozish  bo'yicha ishtirok etib o'z bilim, mahorat va istedodlarini ko'rsatdilar.

Ishtirokchilarni holisona baholashda o'z hissalarini qo'shgan ustozlar safidan jurnalist, “Oltin qalam” milliy mukofoti sohibi A.Sabirov, taniqli shoir va dramaturg, Turkmaniston Respublikasi  Firog'i medali sohibi Qurbon Muhammad Rizo, jurnalist  va yozuvchi, "Yilning eng faol jurnalisti" mukofoti sohibi Ro'zimboy Xasanlar joy oldi.

Ustoz shoirlar va tilshunoslardan iborat hay'at a'zolari tomonidan munosib baholangan ishtirokchilar g'oliblikni qo'lga kiritib, mukofotlar bilan taqdirlandilar.

25.10.2021 398