"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du
  • Bosh sahifa
  • Yangiliklar
  • Qozog‘iston milliy ma’naviyatni yuksaltirish uchun 280 million dollar yo‘naltirmoqchi

Qozog‘iston milliy ma’naviyatni yuksaltirish uchun 280 million dollar yo‘naltirmoqchi

Qozog‘iston Axborot va ijtimoiy rivojlanish vazirligi Milliy ma’naviy yangilanish loyihasini taqdim etdi, deb xabar bermoqda “Currenttime” nashri.

Qozoq tilini kundalik maishiy muloqotdan ilm-fan va biznes tili darajasiga ko‘tarish, shuningdek, Qozog‘istondan boshqa mamlakatlarda ham milliy madaniyatni targ‘ib qilish loyihaning asosiy vazifalari etib belgilangan.

“Aslida bu inson ongiga tikilgan sarmoya bo‘lib, uning natijasi jamiyat hayotining deyarli barcha jabhalarida: madaniyat, iqtisodiyot, ta’limda namoyon bo‘ladi”, deydi vazir Aida Balaeva. Hisob-kitobga ko‘ra, loyiha 280 million dollarga tushadi.

Taqdimotda ma’lum qilinishicha, milliy ma’naviyatni shakllantirish haqidagi taklif allaqachon hukumat tomonidan tasdiqlangan. Rasmiylar ko‘plab muhokamalarga qaramay loyihadan voz kechmoqchi emas.

 

oyina.uz

28.10.2021 341