- Bosh sahifa
- Yangiliklar
- Tilga e’tibor – elga e’tibor
Tilga e’tibor – elga e’tibor
Millatning
yashashi va ravnaq topishini ona tilisiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Hozir yer
yuzida 7 mingga yaqin til mavjud bo‘lsa, ularning faqat 95 ga yaqini davlat
tili yoki rasmiy til maqomiga ega. Bu tillarning orasida o‘zbek tilining ham
borligi quvonarli. Bugungi kunda o‘zbek tili dunyoning 60 ga yaqin
oliygohlarida va 100 dan ziyod maktablarida o‘rganilmoqda. Jahon miqyosida
o‘zbek tilida so‘zlashuvchilar soni 50 million kishi atrofida. Oʻzbek tilida
taxminan 1 400 000-1 600 000 atrofida soʻz bor.
O‘z tarixiga ega bo‘lgan ona tilimizga 1989-yil 21-oktabrda davlat tili maqomi berildi. 2020-yildan esa 21-oktabr sanasi – O‘zbek tili bayrami kuni sifatida nishonlanmoqda.
Bu yil ham Oʻzbek tili bayrami koʻtarinki ruhda oʻtkazildi. Uchtepa tumanidagi 107-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabida ham “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!” shiori ostida ma-naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Unda oʻquvchilar tomonidan ona tilimizni ulugʻlovchi sheʼru qoʻshiqlar ijro etilib, sahna koʻrinishlari namoyish etildi.
Tadbirda Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi rais maslahatchisi ishtirok etib, o‘quvchilarga o‘zbek tili tarixiga oid qiziqarli ma’lumotlar berdi. Ayniqsa, “Oʻzbek tili bilimdonlari” viktorinasida o‘quvchilar faol ishtirok etishib, o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazishdi. “Oʻzbek tili bilimdonlari”ga Qoʻmita raisi Sh.Sharaxmetovning esdalik sovgʻalari taqdim qilindi hamda maktab kutubxonasiga Maʼnaviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti tashabbusi bilan nashr etilgan kitoblar jamlanmasini sovg‘a qilindi.
Millat ko‘zgusi bo‘lmish tilimizni asrash va rivojlantirish barchamizning burchimiz. Buni avvalo, ta’lim maskanidan boshlash maqsadga muvofiq.
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi
02.11.2021
947