"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du
  • Bosh sahifa
  • Yangiliklar
  • “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!” respublika tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi

“Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!” respublika tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi

Poytaxtimizda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Maʼnaviyat va davlat tilini rivojlantirish departamenti tashabbusi bilan joriy etilgan “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!” respublika tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tanlovga bag‘ishlab o‘tkazilgan tadbir avvalida davlat va jamoat arboblari, vazirlik va idoralar, xo‘jalik birlashmalari va hokimliklar rahbarlarining Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari bo‘yicha maslahatchilari, yozuvchi va shoirlar, adabiyotshunos va tilshunos olimlar, ommaviy axborot vositalari xodimlari Adiblar xiyobonidagi buyuk shoir va mutafakkir Mir Alisher Navoiy haykali poyiga gul qo‘l qo‘yib, ulug‘ bobokalonimiz ruhiga ehtirom ko‘rsatdi.

Shundan so‘ng Muqumiy nomidagi O‘zbekiston musiqali darama teatrida “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!” respublika tanlovi g‘oliblarini tantanali taqdirlash marosimi boshlandi.

Xalqimizning bebaho xazinasi, millatimizning ruhi bo‘lgan o‘zbek tilining ravnaqiga erishish uchun ona tilimizga sadoqat ko‘rsatish, uni kelajak avlodlarga sof holda yetkazish har birimizning burchimiz va sharafimizdir!

“Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!” respublika tanlovining maqsad va vazifasi ham bevosita mana shu sharafli va ezgu ishga qaratilgan.

Bu yilgi respublika tanlovi 3 yo‘nalishda tashkil etildi hamda hakamlar hayʼati tomonidan xolis baholandi.

 – Davlat tili ustuvorligi taʼminlangan eng namunali hudud (mahalliy ijro etuvchi tuman/shahar hokimliklari) yo‘nalishida;

Davlat tilida ish yuritish yo‘lga qo‘yilgan eng yaxshi tizim (vazirlik, idora, xo‘jalik birlashmalari) yo‘nalishida;

O‘zbek tilini rivojlantirishga qaratilgan eng yaxshi ilmiy-amaliy loyiha (ilmiy tashkilotlar, oliy va o‘rta-maxsus taʼlim muassasalari) yo‘nalishida maxsus ishchi guruh va hayʼat tomonidan borib o‘rganildi hamda saralandi.

G‘oliblar pul mukofoti va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Tadbirda ona tilimizni madh etuvchi sheʼrlar o‘qilib, kuy-qo‘shiqlar ijro etildi.

03.11.2021 533