"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du
  • Bosh sahifa
  • Yangiliklar
  • Oʻzbek tilida harbiy terminologiya masalalariga bagʻishlangan maʼrifiy davra suhbati boʻlib oʻtdi

Oʻzbek tilida harbiy terminologiya masalalariga bagʻishlangan maʼrifiy davra suhbati boʻlib oʻtdi

Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzlik va mustaqil davlatchilik timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, mamlakatimizning siyosiy-ijtimoiy, maʼnaviy-maʼrifiy taraqqiyotida gʻoyat muhim oʻrin egallab kelayotgan buyuk qadriyatdir.

Til millat koʻzgusi, gʻururi, tafakkur manbayidir.

Buyuk maʼrifatparvar bobomiz Abdulla Avloniy yozganidek: “Har bir millatning dunyoda borligʻini koʻrsatadurgan oyinai hayoti til va adabiyotidur. Milliy tilni yoʻqotmak millatning ruhini yoʻqotmakdur”.

Dar haqiqat bugun yer yuzida olti mingga yaqin til va lahja boʻlsa, ulardan bor-yoʻgʻi yuzga yaqini davlat tili maqomiga ega.

Ular orasida oʻzbek tili ham borligi bizning baxtimiz, faxrimizdir.

1989-yil 21-oktabrda, yaʼni hali sobiq tuzum mavjud bir paytda “Davlat tili toʻgʻrisida”gi qonunning qabul qilinishi oʻzligimizni anglash yoʻlidagi ulkan jasorat boʻlgan edi.

Shunga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida oʻzbek tilining davlat tili sifatida huquqiy maqomi aniq belgilab berildi. Shu tariqa, oʻzbek tili mustaqil davlatimizning bayrogʻi, gerbi, madhiyasi, Konstitutsiyasi qatorida turadigan, qonun yoʻli bilan himoya qilinadigan muqaddas timsollaridan biriga aylandi.

Oʻzbekiston taraqqiyotining bugungi yangi bosqichi — Milliy tiklanishdan, milliy yuksalish davri talablaridan kelib chiqib, ona tilimizning jamiyatdagi oʻrni va nufuzini oshirish boʻyicha keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzlik va mustaqil davlatchilik timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, mamlakatimizning siyosiy-ijtimoiy, maʼnaviy-maʼrifiy taraqqiyotida gʻoyat muhim oʻrin egallab kelayotgan buyuk qadriyatdir.

Bizning ona zaminimizda milliy davlatchilik 3 ming yillik boy tarixga ega sanalsa, ushbu davrlarda jamiyatning turli sohalari kabi harbiy sohasi ham sanʼat darajasida rivojlanish bosqichini bosib oʻtdi, bu jarayonda milliy tilning oʻrni beqiyos sanaladi.

Demak bugungi kunda ilmiy tadqiqot masallarida harbiy terminologiyani tadqiq etish, tarix barxanlari ostiga yashiringan tilimizning bu jabhadagi goʻzalligini, betakrorligini ochib berish bugungi kunning dolzarb masalasiga aylanmogʻi zarurdir.

Ayni shu maqsadda joriy yilning 14-oktabr kuni Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kunning oʻttiz ikki yilligi munosabati bilan, Davlat bojxona qoʻmitasining Bojxona instituti tashabbusi bilan, “Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasida Oʻzbek tilida harbiy terminologi masalalariga bagʻishlangan maʼrifiy davra suhbati boʻlib oʻtdi.

Mazkur tadbirda Davlat bojxona qoʻmitasining Bojxona instituti professor-oʻqituvchilari, Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar Akademiyasi mutaxassis xodimlari, tilshunos tadqiqotchilar, kursantlar va OAV vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda soʻz olganlar oʻzbek tilining tarixiy ahamiyati, milliy yuksalish yoʻlidagi oʻrni, harbiy leksikologiya masalalariga alohida toʻxtalib, fikr va mulohazalar bildirib oʻtdi.

Tadbir davomida “Shon-sharaf” Davlat muzeyi boʻylab ekskursiya tashkil etildi.


uzbi.uz

05.11.2021 493