"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du

Davlat tilida ish yuritish to‘g‘risida davra suhbati

“Farg‘onaazot” AJning bosh mutaxassislari, barcha korxona va bo‘lim boshliqlari uchun “Davlat tilida ish yuritishga oid qonun hujjatlarining mazmun-mohiyatini tushuntirish” mavzusida “O‘zkimyosanoat” AJ boshqaruvi raisining ma’naviy-ma’rifiy ishlar va davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi Sanobar Abduraxmanova  hamkorligida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Davra suhbatida davlat tilida ish yuritish bo‘yicha erishilgan yutuqlar va uchrab turgan kamchiliklar muhokama qilindi. Shuningdek tadbir ishtirokchilari tomonidan lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to‘liq o‘tishda uchrayotgan to‘siqlar va muammolar o‘rtaga tashlandi. Bu muammolarni hal qilish bo‘yicha turli xil fikr va mulohazalar almashildi.

Ta’kidlash joizki, xalq taqdiri til taqdiri bilan bevosita bog‘liq. Til har bir millat madaniyatining o‘zagidir. Shu sababli ham tilning saqlanishi xalq taraqqiyoti va kelajagini belgilaydi. Shunday ekan, ona tilimizning xalqaro miqyosdagi obro‘-e’tiborini yuksaltirishda, uni milliy va umumbashariy tushunchalar asosida taraqqiy etgan tillar safiga qo‘shishda har birimiz tilimizga chuqur hurmat bilan yondashimiz zarur.

 

“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati

13.11.2021 422