"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du

Vatan bayrog‘i – hurlik va tinchlik timsoli

18-noyabr – O‘zbekiston Respublikasining “Davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilingan kun.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganligining o‘ttiz yilligi munosabati bilan Mudofaa sanoati davlat qo‘mitasida “Muqaddasdir Vatan bayrog‘i” mavzusida maʼnaviy-madaniy tadbir otkazildi.

Qo‘mita raisining maslahatchisi Qahramon Kamolov tadbir ishtirokchilariga O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinishi, uning sxematik va rangli tasviri, shaklu-shamoyili, qonun bilan Davlat bayrog‘i doimiy ravishda ko‘tarilishi shart qilib ko‘rsatilgan obyektlar, tashrif obyektlari, umummilliy bayram va tantanali tadbirlar, xalqaro sport musobaqalari g‘oliblarini mukofotlash marosimi, qolaversa Davlat bayrog‘i tasviri tushirilgan belgilarni transport vositalariga o‘rnatish tartibi to‘g‘risidagi qiziqarli va aniq faktlarga asoslangan maʼlumotlarni yetkazdi.

Tadbirda qo‘mita ijro apparati xodimlari Nargiza Abduvaliyeva, Daulet Ametov va Madina Mirvakulovalar maʼruza qilib, Davlatimiz bayrogi tinch va osoyishta, ozod hamda erkin hayotimiz, yorug kelajagimizga bolgan ishonchimiz timsoli ekanligini, davlat ramzlarining muqaddasligini, ular bizga yurt manfaati har nedan ustunligini anglatib, eslatib turishini har doim yodda tutish lozimligini, O‘zbekiston farzandlari qayerda bo‘lmasin, qanday natijalarga erishmasin Vatan bayrog‘ini ardoqlashi, sababi bayroq – hurlik timsoli, ezgulik, tinchlik ramzi ekanligini alohida taʼkidlab otdilar.

Tadbir davomida qo‘mita ijro apparatining boshqa xodimlari ham o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdilar. Tadbir yakunida Qo‘mitaning barcha xodimlariga xizmat faoliyatlari davomida foydalanishlari uchun qulay shaklda tayyorlangan “O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi Qonuni tarqatib berildi.


Mudofaa sanoati davlat qo‘mitasi

Matbuot xizmati

18.11.2021 468