"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du

Sog‘liqni saqlash tizimida davlat tilida ish yuritish holati o‘rganildi

O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini oshirish hamda davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash borasida sog‘liqni saqlash tizimida qator vazifalar amalga oshirib kelinmoqda.

Xususan, davlat tiliga doir qonun hujjatlarining mazmun-mohiyatini tushuntirish, targ‘ib qilish, xodimlarga davlat tilini chuqur o‘rganishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda. Ushbu yo‘nalishdagi vazifalar ijrosi yuzasidan bugun Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi mas’ul xodimlari bilan hamkorlikda tuman tibbiyot birlashmasida monitoring o‘tkazildi. O‘rganishlar jarayonida, birlashmada ma’naviy-ma’rifiy ishlar va davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi bo‘yicha belgilangan talablar asosida faoliyat tashkil etilganligi kuzatildi.


Tizimda ish yuritishni davlat tilida tashkil etish va davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga rioya qilinishi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lsada, ammo ayrim xato va kamchiliklar mavjudligi aniqlandi. O‘rganish tahlillari asosida kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan aniq vazifalar belgilab olindi. Jumladan, birlashmaning ma’muriy hududidagi barcha tashqi yozuvlar, lavhalar, e’lonlar va ko‘rgazmali boshqa axborot matnlarining davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga muvofiq, lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida yozilishi zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.

 

Yusuf NASULLAYEV

Vobkent tumani hokimi maslahatchisi

24.11.2021 459