"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du

Chingiz Aytmatov tavalludi Toshkentda nishonlanmoqda

Buyuk adib Chingiz Aytmatov tavalludining 93 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlar turkumi boshlandi. 2-dekabr kuni Toshkent viloyati Parkent tumanidagi 33-maktabda shu munosabat bilan fotosurat va kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi.

Shanxay hamkorlik tashkiloti Xalq diplomatiyasi markazi tomonidan, Qirg‘izistonning O‘zbekistondagi elchixonasi ko‘magida tashkil etilgan ma’rifiy tadbirda o‘quvchilar «Manas» eposi hamda yozuvchining «Momo yer» qissasidan sahna ko‘rinishi namoyish etishdi.

Anjuman doirasida Ch.Aytmatovning noyob fotosuratlari va kitoblari namoyish etildi. Ma’rifiy kecha yakunida Qirg‘iziston elchixonasi maktab kutubxonasiga adib asarlari turkumini taqdim etdi.

Atoqli qirg‘iz adibining qariyb hamma asari o‘zbek tilida nashr etilgan. O‘zbek xalqi va madaniyatiga hamisha ehtirom bilan munosabatda bo‘lgan yozuvchi mamlakatimizning «Do‘stlik», «Buyuk xizmatlari uchun» ordenlari bilan mukofotlangan.

2018-yilda O‘zbekiston prezidenti qarori asosida Chingiz Aytmatov tavalludining 90 yilligini keng nishonlandi. O‘sha yili Toshkent shahrida adibga ehtirom ramzi sifatida haykal o‘rnatildi, poytaxtimiz ko‘chalaridan biriga uning nomi berildi.


xabar.uz

05.12.2021 444