"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du

«Vatanim madhiyasini kuylayman!»

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Madaniyat vazirligi hamda «Ma’rifat» targ‘ibotchilar jamiyati «O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to‘g‘risida»gi qonun qabul qilinganining 29 yilligi munosabati bilan «Vatanim madhiyasini kuylayman!» shiori ostida tanlov e’lon qiladi.

Tanlov quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha o‘tkaziladi:

• «Davlat madhiyasini eng yaxshi kuylagan oila»;

• «Davlat madhiyasini eng yaxshi kuylagan maktab»;

• «Davlat madhiyasini eng yaxshi kuylagan guruh»;

• «Davlat madhiyasini eng yaxshi kuylagan mehnat jamoasi».

Tanlovda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, mamlakat hududida istiqomat qilayotgan fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar, xorijiy davlatlar fuqarolaridan iborat jamoalar belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Madhiyasini jamoaviy bo‘lib kuylagan videolavhani taqdim qilish orqali ishtirok etishi mumkin. Buning uchun internetdagi ochiq manbalarda e’lon qilingan tegishli videolavhalarning linklari va ishtirokchi jamoa haqidagi ma’lumotlarni 2021-yil 8-dekabrgacha Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining oyina.uz portali murojaatlar bo‘limiga yuborish talab etiladi.

Videolavha formati MPG, MPEG, AVI, MOV, WMA, MP4 bo‘lishi kerak. Talabga javob bermaydigan ishlar hakamlar hay’ati tomonidan ko‘rib chiqilmaydi.

Har bir nominatsiya bo‘yicha 1, 2, 3-o‘rin g‘oliblari aniqlanadi va quyidagi tartibda mukofotlanadi:

• 1-o‘rin – televizor;

• 2-o‘rin – noutbuk;

• 3-o‘rin – planshet.

Hakamlar hay’ati tavsiyasiga asosan Tashkiliy qo‘mitaning qarori bilan qo‘shimcha rag‘batlantirish mukofotlari belgilanishi mumkin.

Tanlov g‘oliblari shu yil 9-dekabr kuni Markazning oyina.uz portali orqali rasman e’lon qilinadi. Taqdirlash marosimi esa 10-dekabr kuni Toshkent shahridagi «Xalqlar do‘stligi» maydonida o‘tkaziladigan tadbir jarayonida, hududlarda yashovchi g‘oliblarni taqdirlash esa Markazning tegishli bo‘lim yoki bo‘linmalari tomonidan amalga oshiriladi.

06.12.2021 740