"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du

Konstitutsiya – baxtimiz qomusi

Konstitutsiya – biz uchun nafaqat muhim hayotiy qo‘llanma, balki g‘urur-iftixor, kerak bo‘lsa, shu zaminda istiqomat qilayotgan, millati, tili, dinidan qatʼi nazar, barcha insonlar uchun mustahkam bir himoya. Konstitutsiya - nafaqat bugungi kunning qomusi, balki u ertangi kunimiz, qurayotgan jamiyatimiz istiqbolini aniqlab beruvchi hujjat, farzandlarimiz yo‘lini yoritib turguvchi mayoqdir. Shunday ekan, jamiyatimiz hayotining mezoni bo‘lgan Konstitutsiyani chuqur va har tomonlama o‘rganishimiz, uning maʼnosiga yetib borib, amaliy hayotimizning doimiy qo‘llanmasiga aylantirishimiz darkor.


7-dekabr kuni Mudofaa sanoati davlat qo‘mitasi ijro apparatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 29 yilligiga bag‘ishlangan “Konstitutsiya – demokratik islohotlar tayanchi” mavzusida tadbir o‘tkazildi. Ushbu tadbirda Qo‘mita raisi Oybek Ismoilov, ijro apparatining barcha xodimlari, tizim korxonalarining rahbarlari va ishchi-xizmatchilari ishtirok etishdilar.

O‘zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi bilan boshlangan tadbirning kirish so‘zida Qo‘mita raisi O. Ismoilov Davlatimiz konstitutsiyasi, mustaqil va suveren O‘zbekiston davlatining tashkil topishi va rivojlanishi, uning xalqaro maydonda munosib obro‘-eʼtiborga ega bo‘lishi, yurtimizda huquqiy demokratik davlat, fuqarolik jamiyati barpo etish yo‘lida mustahkam poydevor bo‘lib kelayotganligini, mustaqil davlatimiz Konstitutsiyasini yaratishda xalqaro huquqning umumeʼtirof etilgan qoidalariga qatʼiy amal qilinganligini gapirib, bayram bilan barchani tabrikladi.

Tadbir davomida ijro apparati xodimlari Qahramon Kamolov, Madina Mirvakulova, Dilshod Sultonov va Ildar Abdullinlar so‘zga chiqib, Konstitutsiyamizning mazmun va mohiyati, uning xalqimiz manfaatlariga, davlatimizning strategik maqsadlariga to‘la javob beradigan, har tomonlama puxta ishlangan muhim siyosiy hujjat ekanligi, unda har bir fuqaroining huquq va erkinliklarini belgilab qo‘yilganligi, Qomusimizning hayotimizdagi ahamiyati to‘g‘risida maʼruza qilib, Qo‘mita jamoasini bayram bilan muborakbod etdilar.

Tadbir yakunida ishtirokchilarning barchasiga O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kitobi tarqatib berildi. Bir so‘z bilan aytganda, 8-dekabr - Konstitutsiya kuniga bag‘ishlangan tadbir tizim xodimlarida katta taassurot qoldirdi. Mudofaa sanoati davlat qo‘mitasi Matbuot xizmati

12.12.2021 9811