"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du
  • Bosh sahifa
  • Yangiliklar
  • Farg'ona viloyatida davlat tilini rivojlantirish hamda ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi

Farg'ona viloyatida davlat tilini rivojlantirish hamda ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi

2022-yil 25-yanvar kuni Farg‘ona viloyati hokimining maslahatchisi S.Tongotarova tomonidan viloyatda davlat tilini rivojlantirish hamda ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

"Reklama to'g'risida"gi Qonun hamda Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-fevraldagi 104-sonli qarori ijrosi yuzasidan Farg'ona shahrining Quvasoy ko'chasidagi tadbirkorlik subyektlariga tegishli bo'lgan tashqi reklamalarning holati o'rganildi.

O‘rganish davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tadbirkorlik subyektlariga kerakli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Yozyovon tuman 1-sonli kasb-hunar maktabida o‘qituvchi va xodimlar o‘rtasida "Men sevgan asar" mavzusida kitobxonlik kechasi bo‘lib o‘tdi. 

Kechada O‘tkir Hoshimovning "Ikki eshik orasi" asari va tarixiy shaxslardan Iskandar Zulqarnayn shaxsiga taalluqli qiziqarli hamda kerakli ma'lumotlar berildi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 10-fevraldagi 61-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida So‘x tuman Madaniyat bo‘limidagi ish hujjatlari hamda targ‘ibot vositalarining holati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida aniqlangan kamchiliklar o‘rnida bartaraf qilindi.

Xalq deputatlari Quvasoy shahar Kengashi kotibiyatida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 10- fevraldagi 61-sonli qarori ijrosi bo‘yicha ish hujjatlari va targ‘ibot vositalarining holati o‘rganildi va zaruriy tavsiyalar berildi.

 

S.Tongotarova,

Farg‘ona viloyati hokimining maslahatchisi

26.01.2022 433