"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du

Yod etingiz kamtarin Chustiyni ham

Manaviyat va davlat tilini  rivojlantirish masalalari departamenti tashabbusi bilan Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasida mashhur gʻazalnavis shoir Nabixon Chustiy hayoti va ijodiga bagʻishlangan “YOD ETINGIZ KAMTARIN CHUSTIYNI HAM!” nomli kitob taqdimoti boʻlib otdi. Tadbirda yozuvchilar, shoirlar, adabiyot ahli, yosh ijodkorlar hamda  vazirlik va idoralarning maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari boyicha rahbar maslahatchilari ishtirok etishdi.

   Tadbirda adabiyotshunos olim Sultonmurod Olim, Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi Rustam Mirvohid, Namangan viloyati Yozuvchilar uyushmasi rahbari Ziyovuddin Mansur Chustiy hayoti va ijodi, uning maʼnaviy merosi , gʻazallari va uning mazmun-mohiyati haqida gapirdi. Taqdimotda taʼkidlanganidek, har qanday shoir ijodini tushunish uchun, uning shaxsini, koʻngil ruhiyatini anglash kerak. Uning ruhiyati satrlar qaʼriga yashirilgan soʻz ostidagi maʼno va maʼno zamiridagi mohiyatni ilgʻash kerak boʻladi. Ana shu jihatni Chustiy sheʼriyatida anglash mumkin.

Toʻplam adabiy-badiiy nashr boʻlib, 2020-yilda “MASHHUR-PRESS NASHRIYOTI”da 1000 nusxada chop etilgan. Taqdimotda Chustiy gʻazallari oʻqildi. Uning sheʼrlari, gʻazallariga bastalangan qoʻshiqlar hofizlar tomonidan ijro etildi. Tadbir soʻnggida yigʻilganlarga “Yod etingiz kamtarin Chustiyni ham” kitobi ulashildi.

28.01.2022 471