"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du

Davlat xizmatlari agentligida “Maʼnaviyat va kitobxonlik soati”

Davlat xizmatlari agentligida har oyda tashkil etiladigan navbatdagi “Maʼnaviyat va kitobxonlik soati” kuni kecha aholi foydalanishiga topshirilgan Yakkasaroy tumani Davlat xizmatlari markazida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi, sohadagi ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha mavjud muammolarni aniqlash, ularni muhokama qilish va bartaraf etish yuzasidan monitoring ishlarini olib borishdan boshlandi. 


Tadbirda xodimlar tomonidan Davlat xizmatlari ko'rsatish sohasini rivojlantirishga qaratilgan qator loyihalar va g'oyalar bo'yicha mulohaza almashinildi. 

Shu bilan birga, Ma'naviyat burchagini shakllantirish bo'yicha tavsiyaviy ahamiyatga ega kitoblar ro'yxati tuzildi, xodimlar tomonidan o'qigan kitoblarlardan olgan taassurotlari bo'yicha ma'lumotlar berildi.

Bundan tashqari, xodimlar o'rtasida Buyuk sarkarda Amir Temur hamda Temuriylar davridagi ilm-fan, ma'rifat, ma'naviyat, madaniyatining jahon sivilizatsiyasi rivojidagi o'rni va Temuriylar tarixiga oid ko‘plab qiziqarli ma’lumotlar berildi. Shuningdek,  Shahodat Isaxonovaning Sohibqiron Amir Temurning zavjalari Bibixonimning baxtu fojealarga to'la hayoti jonli, yorqin, badiiy, tarixiy bo'yoqlarda tasvirlangan "Bibixonim" romani muhokamasi bo'lib otdi.




Keyingi “Maʼnaviyat va kitobxonlik soati”da  muloqot o`tkazilishi rejalashtirilgan kitoblar bo'yicha xodimlar o'rtasida kelishib olindi.

12.04.2022 339