"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du

HOKIM YORDAMCHILARI FAOLIYATINING MAʼNAVIY SAMARASI

Maʼlumki, aholining tadbirkorlik tashabbuslarini amalga oshirishga moliyaviy koʻmaklashish, ularning daromadli mehnat bilan bandligini taʼminlash ishlarini yanada takomillashtirish, mahallabay ishlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish orqali kambagʻallikni qisqartirish, “mahallabay” ishlash tizimini yanada rivojlantirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlari toʻgʻrisida”gi Farmoni bilan respublikamizning har bir mahallasida tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha hokimining yordamchisi lavozimi taʼsis etilgan edi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha hokim yordamchilari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarori bilan respublika vakili - hokim yordamchilari faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida vazirlik, idoralar, tijorat banklarining masʼul xodimlarini har bir tuman va shaharga biriktirilib, ularning ish joyi, oylik ish haqi va boshqa ijtimoiy toʻlovlarini saqlab qolgan holda, biriktirilgan hududga bir yillik xizmat safariga yuborilishi yoʻlga qoʻyildi. Aynan ushbu Qarorda belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining tizim tashkiloti sifatida Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligidan ham 8 nafar malakali xodimi viloyatlardagi tumanlarga respublika vakili – hokim yordamchilari sifatida biriktirilib, oʻz faoliyatlarini boshladilar.


Kuni kecha Agentlik tizimidan tavsiya etilgan hokim yordamchilarining faoliyati samaradorligi indeksi (KPI) natijalari eʼlon qilindi va unga koʻra 2 nafar hokim yordamchisi yuqori koʻrsatkichlar bilan 1-oʻrinni egalladi. Agentlik rahbariyati ushbu xodimlariga doimo alohida eʼtibor qaratib keladi, ularning yutuqlarini jamoada va OAVlarida keng yoritadi, mavjud muammolariga amaliy yordam beradi. Yaqinda Agentlik Bosh direktori D.Sattarov Qoraqalpogʻiston Respublikasiga qilgan xizmat safarida Qonlikoʻl tumaniga hokim yordamchisi sifatida yuborilgan Timur Yusupov bilan suhbatlashdi, yashash sharoiti bilan yaqindan tanishdi, u bilan birga tumanda joylashga xonadonlarga kirib, aholi bilan suhbatlashdi.

Hokim yordamchilari faoliyati, yashash sharoiti va oilaviy ahvoli, yutuqlari va reyting koʻrsatkichlaridagi oʻrinlari haqida suhbatlashish maqsadida Agentlikning maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish va davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari boʻyicha Bosh direktor maslahatchisi N.Mamadaliyeva ular bilan videokonferensiya orqali suhbat oʻtkazdi.

Suhbatda ham bir hokim yordamchisi sifatida faoliyat yuritayotgan Agentlik tizimi xodimlari oʻzlarining faoliyatlari, qoʻlga kiritayotgan yutuqlari, xalqning kayfiyati va kelgusidagi rejalari haqida gapirib berdilar. Masalan, Qoraqalpogʻiston Respublikasiga qilgan xizmat safarida Qonlikoʻl tumaniga hokim yordamchisi sifatida yuborilgan Oʻzbekiston Milliy metrologiya instituti masʼul xodimi Timur Yusupovning aytishicha, har kuni bitta mahallaga chiqqan holda kamida oʻnta xonadonga shaxsan tashrif buyurib, mavjud holatni oʻrganish, aholiga amalga oshirilayotgan davlat siyosati va islohotlarning mazmun-mohiyatini tushuntirish, aniqlangan muammolarni joyida hal qilish choralarini koʻrish ishlarini olib borgan. Bunda tumandagi 100 foiz xonadonlar xatlovdan oʻtkazilib, 4 ta toifaga ajratib olingan, jumladan: birinchi toifa - daromadi kam, biroq daromad topishga harakat qilayotgan xonadonlar; ikkinchi toifa - doimiy daromadga ega, qoʻshimcha daromad topish istagidagi xonadonlar; uchinchi toifa - ijtimoiy himoyaga muhtoj, boquvchisini yoʻqotgan, nogironligi boʻlgan xonadonlar; toʻrtinchi toifa - iqtisodiy ahvoli yaxshi va oʻziga toʻq xonadonlar. Bunda xonadonlarga subsidiya va kredit mablagʻlari hisobidan ixcham parniklar, suv nasoslari, minikultivator, tikuv mashinalari va boshqa texnika-texnologiya asbob-uskunalari olib berilgan. T.Yusupov sektor rahbarlari bilan yaqin hamkorlikda faoliyat olib borganini alohida taʼkidlab, 4-sektor “Qonlikoʻl” MFY va “Dosliq” MFY  hududida yashovchi fuqarolarga oʻz oʻzini band qilish maqsadida  500 kuvvatga ega inkubator bilan oʻz mablagʻlari hisobidan xarid qilgan boʻlsa, “Arzimbetqum” OFY hududida yashovchi fuqaro oʻz oʻzini band qilish maqsadida 300 quvvatga ega 3 ta inkubator kredit mablagʻlari hisobidan taʼminlanganini qayd etdi. Ish jarayonida aholini, birinchi navbatda, ishsiz yoshlar va ayollarni kasb-hunar va tadbirkorlikka oʻqitish hamda ularning bandligini taʼminlash boʻyicha amaliy ishlar olib borgan va sezilarli natijalarga erishgan. Kasb-hunar va tadbirkorlikka oʻqishga 16 fuqarolar yoʻnaltirilib, Nukus shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazlari va boshqa nodavlat taʼlim muassasalarida va 17 fuqaro Qonlikoʻl kasb-hunar maktabida, Sirdaryo chevarlari tikuvchilik sexida 80 nafar xotin-qiz boʻyicha tikuvchilik yoʻnalishi boʻyicha oʻqitilmoqda va uyushmagan yoshlarni “Yoshlar 1+1” dasturi asosida tadbirkorlik koʻnikmalariga oʻqitish boʻyicha 48 soatlik oʻquv kursida 33 fuqaro oʻqitildi va sertifikatlar berildi.


Maʼlum boʻlishicha, barcha hokim yordamchilari huddi shunday toifaga ajratgan holda ish tashkil qilganlar va 3 oylik tahlili boʻyicha uchinchi toifa xonadonlar soni nisbatan koʻpligi aniqlangani haqida fikr bildirdilar. Har bitta hokim yordamchilari tomonidan oʻz hududlarida telegram kanallari ochilib, bu kanallarga oʻz hududdidagi barcha fuqarolar qoʻshilgan. Telegramm kanallarga fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlar tegishli soha mutaxassislari bilan birgalikda oʻz vaqtida yechimini topib kelinayotgani alohida taʼkidlandi.

Samarqand viloyati Samarqand shahrida hokim yordamchisi sifatida faoliyat yuritayotgan Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi xodimi Lazizbek Boboyorovning fikricha, “hokim yordamchilari” lavozimining joriy etilganligi Samarqand shahri mahallalarda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda juda katta yordam bermoqda. Ularning samarali faoliyat yuritishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan boʻlib, kompyuter, mebel va jihozlari olib berilgan, xizmat uylari ajratilgan. Tizim orqali aholi koʻnikmalari, ixtisoslashuvlar aniqlanib, mahallalarning 302 ta “oʻsish nuqtalari” belgilab olingan.

L.Boboyorov oʻrganishlar jarayonida shaharda istiqomat qiladigan loʻli millatiga mansub aholining taʼlim va tibbiyotdan foydalanishlari, sanitariya holatini yaxshilash, ish oʻrinlarini tashkil etish kabi qator hal etilishi lozim boʻlgan ijtimoiy masalalarga duch kelinganini kuyunchaklik bilan gapirdi va ular Davlatimiz rahbarining har bir chiqishlarini va olib borayotgan islohotlarini kuzatib borishlari, taʼlim olishga boʻlgan qiziqishi paydo boʻlgani, farzandlarining taʼlim olishlari uchun harakatga tushib qolishganini, oʻtkazilayotgan suhbatlar natijasida islohotlar yurtimizda istiqomat qilayotgan barcha millat va elatlarga tegishli ekanini tushunib yetishganini alohida taʼkidladi.

Umuman olganda, barcha hokim yordamchilari aholining yaratilgan ushbu tizimdan xursandligini muntazam ravishda izhor qilib kelishi hokim yordamchilariga kuch berayotgani, Prezident ishonchini oqlash uchun bor kuchlari sarflashga tayyor ekanliklari haqida toʻlqinlanib gapirdilar.

Suhbat davomida Bosh direktor maslahatchisi ushbu lavozimning joriy etilishi nafaqat aholi bilan yaqindan ishlash tizimi ularga ancha tajriba va koʻnikma berganligini, balki muammoli oilalarga yaqinda yordam berish, ishsizlarni ish bilan taʼminlash, kasbga yoʻnaltirish, xotin-qizlarning tadbirkorlik tashabbuslarini qoʻllab quvvatlash va amaliy yordam berish orqali katta maʼnaviy-maʼrifiy faoliyat yuritishayotgani haqida toʻxtaldi. Sir emas, oilaviy ajrimlar bugungi kunda dolzarb muammoga aylanib ulgurdi va u ayrim hollarda moddiy masalaga borib taqalyapti. Jamiyatimizning asosi boʻlmish oila institutini yanada mustahkamlash va rivojlantirish, oilalarni, ayniqsa yosh oilalarni huquqiy va ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish hamda qoʻllab-quvvatlashni kuchaytirish borasida olib borilayotgan barcha ishlarni sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarish, jismonan sogʻlom, maʼnaviy yetuk va har tomonlama rivojlangan barkamol avlodni tarbiyalashda oilaning rolini oshirish, mustahkam, sogʻlom oilani shakllantirishda mahallaning mavqeini mustahkamlash va rolini kuchaytirish yoʻlida Davlatimiz rahbari tomonidan aniq maqsadga yoʻnaltirilgan keng koʻlamli chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda. Hokim yordamchilarining amalga oshirayotgan ishlari orqali qanchadan qancha yoshlar ish bilan taʼminlanmoqda, xotin-qizlarning orzulari ushalmoqda, aholi bandligi taʼminlanmoqda, oilalarga xursandchilik ulashilmoqda. Bu, esa, oʻz oʻrnida oilaga xotirjamlik, totuvlik va baraka olib kiradi. Tinch va xotirjam toʻliq oilada farzandlar tarbiyasi, ularning dunyoqarashi, maʼnaviyati, bilimi ham yuqori boʻladi.  Shu oʻrinda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning quyidagi purhikmat soʻz¬lariga eʼtibor qiling: “Eng katta baxt, men buni ming marta qaytarishdan charchamayman, oilamiz tinch boʻlsin! Oila kichik vatan, oila tinch boʻlsa, baxtli boʻlsa, vatan tinch boʻladi. Oʻsha baxtli kunlarni, vatanimizning, yoshlarimizning kamolini hozir niyat qilayotganimiz kabi koʻrish hammamizga nasib etsin!”. Hokim yordamchilari ham oʻz oʻrnida ajralish yoqasiga kelib qolgan oilalar ishli, maʼlum mablagʻga egaligi, koʻnikmalari paydo boʻlganligi va oilaga daromad olib kelishi bilan yana birga boʻlib ketishgani va bu haqida ularning oʻzlari kelib minnatdorchilik bildirishganini aytishdi.

Undan tashqari, xonadonlarga kirib oʻtkaziladigan suhbatlar jarayonida yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar haqida tushunchalar berish orqali chekka chekka qishloqlarda yashovchi aholining bugungi kunda barcha jabhalarda Prezidentimiz tomonidan olib borilayotgan ishlar haqida maʼlumotga ega boʻladilar, hayotga, yashashga, taʼlim olishga qiziqishlari, ertangi kunlariga ishonchlari  ortadi. Chunki aksariyat muammolar bekorchilikdan, yomon hayollarga berilib, turli notoʻgʻri qadamlarni qoʻyishdan boshlanadi. Shu nuqtai nazardan yoshlarni kitobxonlik madaniyatini oshirish, hududlarda joylashgan mahallalar, taʼlim maskanlari, korxonalar bilan hamkorlikda oʻtkaziladigan turli maʼnaviy-maʼrifiy uchrashuvlar ham samarali natijalari berishi alohida taʼkidlandi. Zero, Davlatimiz rahbari taʼkidlaganidek, agar jamiyat hayotining tayanchi iqtisodiyot boʻlsa, uning joni va ruhi maʼnaviyatdir.

Suhbat davomida 1-chorak yakunlari boʻyicha yuqori reyting koʻrsatkichlariga ega boʻlgan hokim yordamchilari oʻzlarining tajribalari bilan oʻrtoqlashdilar, yuqori koʻrsatkichga erishish uchun eʼtibor qaratish lozim boʻlgan jihatlar haqida soʻz yuritildi. Lekin bunda hududlarning oʻziga xos xususiyati, geografik joylashuvi, mahallalar va aholi soni ham alohida ahamiyatga egaligi taʼkidlandi.

Suhbat soʻnggida Agentlik rahbariyati va tizim tashkilotlari, hududiy filiallari hokim yordamchilari doimiy aloqada boʻlishlari, ular bilan hamkorlikda ishlashlari, Prezidentimiz tomonidan qoʻyilgan vazifalarni toʻlaqonli amalga oshirilishi yoʻlida xizmat qilishlari haqida soʻz yuritildi.

 

Naibaxon Mamadaliyeva,


Bosh direktor maslahatchisi,

filologiya fanlari doktori

20.04.2022 238