"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du

Android smartfonlar uchun “Tahrirchi” dasturi yaratildi

Toshkent shahridagi Inha universiteti Matbuot xizmatining xabar berishicha, universitet talabasi Muhammadsaid Mamasaidov android telefonlari uchun imlo xatolarisiz yozishga moʻljallangan yangi “Tahrirchi” nomli klaviatura asoschisiga aylandi. 

Baʼzan toʻgʻri yozganimiz bilan koʻp hollarda oʻzbek adabiy tili qoidalarini buzgan holda, imloviy xatolarga yoʻl qoʻyamiz. Ushbu yangi yaratilgan android dastur esa aynan aholining oʻzbek tili boʻyicha savodxonligini oshirish va global internet tarmogʻida ona tilimizda xatosiz muloqot tizimini yoʻlga qoʻyish maqsadida imlo xatolarni avtomatik ravishda toʻgʻrilashni taklif etadi. 

Dasturning negizi, morfologik tahlilchi oʻzbek tilini tabiiy qayta ishlash sohasining boshlangʻich asoslaridan hisoblanadi. “Tahrirchi” notoʻgʻri soʻzlarni adabiy tilga moslab toʻgʻrilash, yakunlanmay qolib ketgan soʻzlarni oxirigacha yetkazib  qoʻyish va keyingi soʻzni oldindan aytib berish masalalarida sizga hamroh boʻladi. Bundan tashqari, u berilgan matnni kirill yoki lotin yozuviga ham oʻgiradi. 

Ayni paytda ushbu “Tahrirchi” dasturi Android smartfonlar uchun beta-versiyada mobil ilova koʻrinishida mavjud boʻlib, dastur kodi va foydalanilgan resurslar ochiq manba sifatida Github veb-saytida tarqatiladi.

Manba: nishon24.uz (https://nishon24.uz/uz/news/240)


26.04.2022 901