"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du

DAVLAT TILIDA ISH YURITISH: NAVBATDAGI SEMINAR

Joriy yilning 26-mart kuni Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosiga bosqichma-bosqich toʻliq oʻtishini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”  2021-yil 10-fevraldagi  61-son qaroriga binoan, vazirlikning Maʼnaviyat va maʼrifat kengashi tomonidan  maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash, shuningdek, ijrosini amalga tatbiq etish maqsadida vazirlik tizimi Axborot, tahlil va hujjatlarni korreksiyalash boʻlimi xodimlari uchun navbatdagi oʻquv seminari tashkil etildi.


Shu yilning mart oyidan boshlab, haftada ikki marotaba muntazam ravishda oʻtkazilib kelinayotgan seminarni Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Oʻzbek tili, adabiyoti va folklori institutidan lingvist, filolog-ekspert, filologiya fanlari doktori, professor Yorqinjon Odilov olib bordi.

Oʻquv mashgʻuloti jarayonida, asosan, tashkilot va muassasalar, xususan, vazirlikning ish yuritish faoliyatida eng koʻp qoʻllaniladigan hujjatlar, ularni tuzish tartib-qoidalari masalalariga toʻxtalinib,  tegishli namunalar  koʻrsatildi. Ish yuritishda hujjatlarni davlat tilida yozilish qoidalari, uchrayotgan xatoliklar yuzasidan tushuntirishlar berildi.


Boʻlim xodimlari ham oʻz navbatida, ish faoliyatida duch keladigan turli noaniqliklar va oʻzlarining qiziqtirgan savollariga toʻliq javoblar olishdi.

Taʼkidlash joiz, bunday oʻquv mashgʻulotlari bugun davlat tilishida ish yuritish masalasi dolzarb masalaga aylanayotgan bir paytda oʻtkazilishi, soha xodimlari uchun samarali kechmoqda.

28.04.2022 445