"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du

Davlat tili tadbirkorga begonami?

Ayni kunlarda Samarqand shahrida tashqi reklama vositalarini tartibga keltirish ishlari jadal davom etmoqda. Joriy yilning 4 oyi davomida shaharning Rudakiy, Beruniy, Mirzo Ulug‘bek, Firdavsiy, Bo‘stonsaroy, Ibn Sino, Afrosiyob, Sadriddin Ayniy, Shabod, Usta Umar Jo‘raqulov, Zarafshon ko‘chalarida joylashgan savdo, umumiy ovqatlanish shoxobchalari, servis xizmati ko‘rsatish obyektlariga tadbirkorlik subyektlari tomonidan o‘rnatilgan peshlavha, reklama, e’lon va boshqa axborot matnlari tartibga keltirildi. 

     Ishchi guruhlar tomonidan olib borilgan muntazam tushuntirish, targ‘ibot ishlariga qaramasdan ba’zi tadbirkorlik subyeklari “Davlat tili haqida”gi Qonun talablarini bajarmasdan kelmoqda.

     Hurmatli tadbirkorlik subyektlari! Tashqi reklama vositalarini o‘rnatishda “Davlat tili haqida”gi Qonunning 20-moddasiga amal qilishingizni so‘rab qolamiz.


Norbek Alqarov,

Samarqand shahar hokimining maslahatchisi

27.05.2022 344