"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du

MONOPOLIYAGA QARSHI KURASHISH QO‘MITASIDA SEMINAR-TRENING TASHKIL QILINDI






Joriy yilning 2 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 21.10.2020-yildagi «Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-6084-son Farmoni va boshqa davlat tiliga oid normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati, tashkilotlarda davlat tilida ish yuritish, bu borada amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarga bag‘ishlangan seminar-trening tashkil qilindi.

Unda Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining birinchi o‘rinbosari Asadulla Urolovich Qayumov, Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi direktori Inomjon Azimov, O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi direktori Azizjon Iminov, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining rais maslahatchisi Go‘zal Qodirova, Qo‘mita va Agentlikning markaziy apparat xodimlari markaziy studiyadan, Qo‘mitaning hududiy boshqarma xodimlari esa masofadan zoom platformasi orqali ishtirok etishdi. Tadbirda O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan nashr qilingan kitoblar taqdimoti ham o‘tkazildi.

Savol-javoblarga boy tarzda o‘tgan ushbu seminarda xodimlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

Tadbirning ikkinchi qismida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «2020 — 2025 yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash milliy dasturini tasdiqlash to‘g‘risida» 2020-yil 14-dekabrdagi 781-son qaroriga asosan Qo‘mita markaziy apparatida o‘tkazilgan «Eng faol kitobxon» tanlovida faol ishtirok etgan xodimlar taqdirlandi.

 

     Qodirova Go‘zal Toshkenboyevna

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi

raisining maslahatchisi

 

04.06.2022 403