"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du
  • Bosh sahifa
  • Yangiliklar
  • Toshkent davlat agrar universitetida Universitetlararo shartnoma tuzish va o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalasi bo‘yicha anjuman tashkil etildi

Toshkent davlat agrar universitetida Universitetlararo shartnoma tuzish va o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalasi bo‘yicha anjuman tashkil etildi

 

Oʻzbek tilining xalqimiz ijtimoiy hayotida obroʻ-eʼtiborini tubdan oshirish, davlat tili sifatida oʻzbek tilini oʻrganish uchun shart-sharoitlar yaratish, oʻzbek tili va til siyosatini rivojlantirishning strategik maqsadlarini amalga oshirish maqsadida amaliy ishlar olib borilmoqda.

             Joriy yilning 13-iyun kuni  Toshkent davlat agrar universitetida Qishloq xo‘jaligi vazirligi va Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti bilan hamkorlida qishloq xo‘jaligi uchun oliy malakali kadrlar tayyorlash jarayonida talaba yoshlarning og‘zaki va yozma nutq madaniyatini rivojlantirish, kelgusidagi mehnat faoliyatida hujjatlar bilan ishlash borasida savodxonligini oshirish hamda sohaga oid fanlarning o‘zbek tilida o‘qitilishini takomillashtirish orqali ta’lim sifatini yanada yaxshilash masalalari yuzasidan anjuman o‘tkazildi.

            Bu anjuman o‘zining amaliy ahamiyati bilan diqqatga sazovor bo‘ldi. Unda O‘zbek tili va adabiyoti universiteti Amaliy filologiya kafedrasidan ishtirok etgan ilmiy-pedagog xodimlar bilan mazkur yo‘nalishdagi faoliyat hamkorligini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha vazifalar bafurja maslahatlashildi. Ularni kelgusida amalga oshirish maqsadida universitetlar va kafedralararo shartnomalarni qabul qilishga kelishib olindi.





14.06.2022 464