"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du

ISHCHI-XODIMLARGA SERTIFIKATLAR TOPSHIRILDI

Joriy yilning 5-may kunidan 3-iyun kuniga qadar Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi Toshkent viloyati filiali xodimlari tomonidan “Maxam-Chirchiq” AJning 60 nafar bo‘lim rahbarlari va mutaxassislariga “O‘zbek adabiy tili me’yorlari, lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosi va imlosi, davlat tilida ish yuritish asoslari” bo‘yicha o‘quv mashg'ulotlari tashkil etildi.

Bir oy davom etgan mashg'ulotlar so‘nggida barcha tinglovchilar test sinovlari topshirishdi.

Bugun  “O‘zkimyosanoat” AJ boshqaruv raisining maslahatchisi S. Abdurahmonova, “Maxam-Chirchiq” AJ boshqaruv raisining o‘rinbosari A. Kosimov tomonidan o‘quv kursining 60 nafar bitiruvchilariga sertIfikatlar va 100 dona  “Davlat tilida ish yuritish” uslubiy-amaliy qo'llanmasi tantanali ravishda topshirildi.


14.06.2022 522