- Bosh sahifa
- Yangiliklar
- “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim” , “Siz o‘z huquqingizni bilasizmi?”
“Qadring baland bo‘lsin, ona tilim” , “Siz o‘z huquqingizni bilasizmi?”
Madaniyat
vazirligida Vazirlar Mahkamasining Maʼnaviyat va davlat tilini rivojlantirish
masalalari departamenti bilan hamkorlikda “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim”
hamda “Siz o‘z huquqingizni bilasizmi?” mavzularida davra suhbati o‘tkazildi.
Unda
Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi
direktori Inomjon Azimov, O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi direktori
Azizjon Eminov, Toshkent davlat yuridik universiteti “O‘zbek tili va adabiyoti”
kafedrasi professori, filologiya fanlari doktori Shuhrat Kuchimov, madaniyat
vazirining maslahatchisi Shavkat Ortiqov, Madaniyat vazirligi Yuridik byuro
boshlig‘i Alisher Saidjonov hamda vazirlik markaziy apparati xodimlari ishtirok
etdi.
Har
ikki mavzuning birgalikda muhokama qilingani bejiz emas, albatta. Gap shundaki,
mamlakatimizda ijtimoiy hayotning barcha sohalarida davlat tilining to‘liq
joriy etilishini ta’minlash, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini
takomillashtirish, qolaversa, aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini
yuksaltirish, fuqarolarning ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlar bilan uyg‘un ravishda
huquqiy bilimlarini mustahkamlash yuzasidan keng qamrovli islohotlar olib
borilmoqda. Bu boradagi sa’y-harakatlar esa samaradorlikka erishish nuqtai
nazaridan bog‘liqdir.
Ma’ruzalarda
qayd etilganidek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil
21-oktabrdagi “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan
oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hamda 2020-yil 20-oktabrdagi
“Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonlari yurtimizda davlat
tilini to‘laqonli joriy qilishda dasturilamal vazifasini o‘tamoqda. Shu
jumladan, Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 10-fevraldagi 61-son qarori asosida
mamlakatimizda lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich
to‘liq o‘tish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilyapti.
Vazirlar
Mahkamasining 2022-yil 16-maydagi “2022-2023-yillarda jamiyatda huquqiy
madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash
to‘g‘risida”gi qarori keng ko‘lamli vazifalarni qamrab olgan bo‘lib, mohiyatiga
ko‘ra aholining barcha qatlamlari huquqiy savodxonligini oshirishni
ta’minlashdan iborat.
Davra
suhbatida shu yo‘nalishlarda e’tibor qaratilishi zarur bo‘lgan muhim jihatlar
va kelgusida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar haqida so‘z bordi. Davlat
tili targ‘ibotini kuchaytirish bo‘yicha o‘zaro hamkorlik qilish yuzasidan
taklif va mulohazalar bildirildi.
Tadbir
yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob
oldilar.