"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du

Agentlikda davlat tilida ish yuritish holati o‘rganildi

O‘zbekiston Texnik jihatdan tartibga solish agentligi tomonidan davlat tilida ish yuritilishini ta’minlash, lotin alifbosiga bosqichma bosqich to‘liq o‘tish, ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish yuzasidan Agentlikning markaziy apparati bilan bir qatorda uning tizim tashkilotlari, hududiy filiallarida ham ijobiy ishlarni tizimli ravishda amalga oshirish, monitoring qilish, o‘rganish ishlari olib borilmoqda.



Xuddi shunday maqsadda Agentlikning tizim tashkiloti hisoblangan Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya sohasida davlat nazorati departamenting davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash, lotin alifbosiga o‘tish, ma’naviy va ma’rifiy ishlar holati o‘rganildi. Agentlikda yuritilayotgan barcha ichki hujjatlar, texnik hujjatlar, lavozim yo‘riqnomalari hamda idoraviy kutubxona ko‘zdan kechirildi.

17.06.2022 548