"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du

“TIL – MILLATNING RUHIDIR” mavzusida ma’rifiy tadbir o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Maʼnaviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari Departamenti hamda O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy xizmatchilari va Qo‘riqlash bosh boshqarmasi xodimlari hamkorligida “Til – millatning ruhidir” mavzusida maʼrifiy tadbir o‘tkazildi. Abdulla Qodiriy muzeyida tashkillashtirilgan tadbirda Vazirlar Mahkamasining Maʼnaviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari Departamenti masʼul xodimlari, Milliy gvardiyasi qo‘mondonligi, taniqli shoir va sanʼatkorlar ishtirok etishdi.




Unda maʼruzachilar tomonidan so‘nggi yillarda mamlakatimizda davlat tilini rivojlantirishga doir islohotlarning ustuvor jihatlari, davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirishga oid muhim vazifalar va amaliy natijalar haqida so‘z yuritildi.

Shuningdek, davlat tiliga bo‘lgan eʼtibor va tilimiz rivojiga to‘siq bo‘layotgan baʼzi mavjud muammolarni bosqichma-bosqich bartaraf etish borasida fikrlar bildirildi. O‘zbek tilidagi harbiy atamalarning takomili sifatida “O‘zbek harbiy terminalogiyasi” hamda “Harbiy atamalarning izohli lug‘ati” kitoblarining taqdimoti o‘tkazildi.


      


Shu bilan birga, shoirlarimiz tomonidan Vatan va til mavzusi madh etilgan sheʼrlari o‘qib eshittirildi. Tadbir davomida mehmonlarga Milliy gvardiya qo‘mondonligi tomonidan samarali hamkorlik uchun tashakkurnomalar topshirildi. Yakunda taniqli sanʼatkorlarning dil tortar kuy-qo‘shiqlari ishtirokchilarga xush kayfiyat bag‘ishladi.

17.06.2022 359