- Bosh sahifa
- Yangiliklar
- Davlat tilida ish yuritayotgan eng namunali tashkilot va korxonalar aniqlandi
Davlat tilida ish yuritayotgan eng namunali tashkilot va korxonalar aniqlandi
Yakkabog‘ tumani hokimligi tashabbusi bilan tumanda faoliyat yuritayotgan davlat tashkilotlari va korxonalari o'rtasida "Eng namunali davlat tilida ish yuritayotgan tashkilot va korxona" tаnlovi o‘tkazildi.
Tanlovda
tumandagi 40 dan ortiq davlat tashkiloti va korxonalari ishtirok etdi.
Tanlov nizomiga ko‘ra: ish hujjatlari, idora nomi, ichki va tashqi targ‘ibot vositalari, xatlar va ma'lumotlar, peshlavhalar, elektron hujjat almashish tizimida ish hujjatlarining davlat tilida bexato yurutilishi o‘rganildi va baholandi. Tanlovda: 1-o‘ringa tuman Ichki ishlar bo‘limi; 2-o‘ringa Yakkabog‘ hudud gaz filiali; 3-o‘ringa Davlat Kadastr agentligi tuman bo‘limi munosib deb topildi.

Tadbirda viloyat
hokimining maslahatchisi Z.Aminova ishtirok etdi. Tanlov g‘oliblari viloyat
hokimligining esdalik sovg‘alari hamda tuman
hokimligining tashakkurnomalari bilan taqdirlandi.