"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du

Davlat gerbi — mustaqillik timsoli


O‘simliklar karantini va himoyasi agentligida O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilinganining 30 yilligi munosabati bilan “Olamni mahliyo aylagan diyor” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Unda Agentlik markaziy apparati, shuningdek, “ZOOM” platformasi orqali barcha tizim tashkilotlari va hududiy boshqarmalar xodimlari ishtirok etishdi.

Ma’rifiy tadbirda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O'zbek tilini rivojlantirish jamg'armasi mutaxassislari, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti hamda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti professor-o‘qituvchilari, Yakkasaroy tumani hokimligi vakillari tomonidan ishtirokchilarga mazkur mavzu yuzasidan keng tushuncha hamda ma’lumotlar berildi. 

        Xususan, yig‘ilishda ishtirokchilarga bundan roppa-rosa 30 yil muqaddam — 1992-yil 2-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining X sessiyasida “O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilingani aytib o‘tildi. Ta’kidlanganidek, xalqimiz o‘zi istagan hamda tanlagan yo‘l — ozod va obod Vatan, erkin hamda farovon hayot barpo etish yo‘lida yana bir muqaddas ramzga ega bo‘ldi. Gerbimizdagi har bir rang, chiziq, belgi teran ramziy ma’noga ega. O‘ng tomondagi paxta va g‘arq pishgan bug‘doy boshoqlari xalqimizning mehnati halol, rizqi butun ekanligini ifodalaydi. Gerbning yuqori qismida mamlakatimiz jipsligining ramzi sifatida sakkiz qirrali yulduz tasvirlangan. Unda o‘z ifodasini topgan yarimoy qo‘lga kiritilgan mustaqilligimizni, yulduz esa xalqimiz hamisha komillikka intilishi hamda saodatga eltuvchi yo‘lni tanlaganini bildiradi. Davlat gerbidagi yashil vodiy uzra quyosh nur sochayotgan tasvir tushirilgan. Baland tog‘lar oralab oqayotgan daryolar — avlodlar osha yashab kelayotgan mangu quvvat timsoli, xalqimiz ko‘zlagan yuksak marralardan dalolat beradi. Gerb markazida himmat, olijanoblik va fidoyilik timsoli bo‘lgan afsonaviy Humo qushi qanotlarini yozib turibdi. U qadimdan baxt hamda davlatmandlik ramzi, erk, saodat, himmat, olijanoblik, omad timsoli hisoblangan.

 

Muloqot davomida davlat ramzlari, xususan, gerbimiz xalqimizning milliy an’ana va qadriyatlari, ma’naviy-madaniy merosi, shon-sharafi,            or-nomusi, g‘ururi, tarixiy xotirasi hamda orzu-intilishlarini ifoda etishi ta’kidlandi. Ularni e’zozlash, asrab-avaylash va hurmat qilish fuqarolarning madaniyatini ko‘rsatishi qayd etildi.

O‘z qadrini anglagan xalq milliy timsollarini ham e’zozlaydi. Shu ma’noda davlat ramzlari haqida bilim va tasavvurlarimizning naqadar teranligi maqsadlarimiz sari intilishimizda ruhlantiruvchi manba bo‘lib xizmat qilishi shubhasiz. 

01.07.2022 487